5110 hisob-kitob hisobvarag‘i aktiv hisobvaraq bo‘lib, unda
pul mablag‘larining qoldig‘i va pul tushumi debet tomonida,
chiqimi kredit tomonida aks ettiriladi.
5110 hisobvarag‘ining boshqa hisobvaraqlar bilan o ‘zaro
bog‘lanishining asosiylari quyidagicha:
1. Xaridor va buyurtmachilardan sotilgan mahsulot (ish,
xizmat)lar uchun pul mablag‘lari kelib tushganda — DT 5110
KT 4010.
2. Korxona kassasidan pul mablag‘lari
bankdagi hisobraqamiga
o‘tkazilganda - DT 5110 KT 5010.
3. Xaridor va buyurtmachilardan mahsulotlarni yetishtirish
uchun bo‘nak mablag‘lari olinganda — DT 5110 KT 6310-
6390.
4. Mol yetkazib beruvchi va pudratchi tashkilotlariga qarzlar
to ‘langanda - DT 6010 KT 5110.
5. Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo‘nak
summalari
qaytarilganda - DT 6310-7310 KT 5110.
6. Byudjetga toMovlar bo‘yicha qarzlar to'langanda — DT 6410
KT 5110.
7. Byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga va sug‘urtaga
pul mablag‘lari o‘tkazilganda — DT 6510, 6520 KT 5110.
8. Bank muassasalaridan olingan qisqa muddatli kreditlar
qaytarilganda -D T 6810 KT 5110.
9. Bank muassasalaridan olingan uzoq muddatli kreditlarning
joriy
qismi qaytarilganda
— DT 6950 KT 5110.
10. Banklar tomonidan korxonaning hisobraqamlarida saq-
lanayotgan pul mablag‘larini ishlatganligi uchun ustama foizlar
kelib tushganda - DT 5110 KT 4830.
11. Korxonada chet el valyutasini
sotib olish uchun pul mab-
lag‘lari o ‘tkazilganda - DT 5530 KT 5110.
12. Foydalaniimagan akkreditiv summasi hisob-kitob hisobva-
rag‘iga qaytarilganda — DT 5110 KT 5510 va boshqalar.
24