2. Joriy qiymat (sotish qiymati) — asosiy vositalaming muayyan
bir vaqtda amaldagi bozor narxlari b o ‘yicha qiymati yoki ulam i
m anfaatdor shaxslar o ‘rtasida egalik qilish b o ‘yicha kelishilgan
summa.
3. Qoldiq qiymati — asosiy vositalam ing dastlabki (qayta
tiklangan) yoki joriy qiymatidan ulaming eskirishining chegiril-
ganidan qolgan summa.
4. Amortizatsiyalanadigan qiymat — dastlabki qiymatdan tugatish
qiymatining chegirilib aniqlanadigan qiymati.
5. Tugatish qiymati — asosiy vositalami hisobdan chiqarish
vaqtida ko‘zda tutilgan qiymat bo‘lib, unda asosiy vositani tugatish-
dan olingan darom adlardan tugatish xarajatlarining chegirilib
aniqlanadigan qiymati.
6. Qayta tiklangan qiymat — bu asosiy vositalar qiymatining
hukum at qarori va boshqa ayrim holatlarda qayta baholanishi
bilan bog‘liq qiymat.
Asosiy vositalarni qayta baholash 0 ‘zbekiston Respublikasi
Statistika q o ‘mitasi to m o n id a n h a r yilning 1-yanvar holati
b o ‘yicha o ‘tkaziladi. Bu b o ‘yicha maxsus N izom (M ISB, MB
va D C K ning AB tom onidan 4.12.2002-yilda 1192-son bilan
ro‘yxatdan o ‘tkazilgan qarori bilan tasdiqlangan)ning 7-bandini
ijro etish m aqsadida 2016-yilning 1-yanvar holatiga asosiy
vositalarni qayta baholash indekslari ishlab chiqilgan. M azkur
indekslar yuqoridagi N izom ga m uvofiq tayyorlangan ham da
asosiy vositalam i navbatdagi qayta baholashda q o ila sh m um kin
b o ‘lgan usullardan biri sifatida korxona va tashkilotlar e ’tiboriga
havola etilgan.
105
U shbu N izom asosida asosiy vositalarni 2016-yilning 1-yanvar
holatiga qayta baholash indekslaridan n a m u n alar 1-ilovada
berilgan (P-3 guruh — Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari
bo ‘yicha).