7-bob
Nomoddiy aktivlar hisobi
Reja:
1. Nomoddiy aktivlarning iqtisodiy mohiyati va hisobning vazifalari.
2. Nomoddiy aktivlarning tarkibi va ularni baholash tartibi.
3. Nomoddiy aktivlar harakatining dastlabki, sintetik va analitik hisobi.
4. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash tartibi, usullari va hisobi.
5. Gudvill hisobining xususiyatlari. Nomoddiy aktivlar inventarizatsiyasi.
Tayanch iboralar
Nomoddiy aktivlar hisobi, nomoddiy aktivlar tushunchasi,
nomoddiy aktivlami baholash, nomoddiy aktivlarning analitik
va sin te tik hisobi, nom oddiy a k tivla rg a a m o rtiza tsiya
hisoblashning tartibi va usullari, nomoddiy aktivlami hisobdan
chiqarish tartibi, gudvill, frashiza, patent, litsenziya.
7.1. Nomoddiy aktivlarning iqtisodiy mohiyati va
hisobning vazifalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining nazariy
asoslari, ulam ing mohiyati va maqsadi o ‘zgarmagan b o ‘lsa-da,
unda aks etadigan aktiv va passivlaming yangi ko‘rinishlari, ulami
baholash uslublari, xarajatlar va moliyaviy natijalar hisobi va
aniqlanish yo‘llari, axborotlarni turkumlarga ajratuvchi hisobva
raqlar rejasining yangi ko‘rinishida o ‘z ifodasini topdi, y a’ni
buxgalteriya hisobi tizim ida yangi tushunchalar paydo b o ‘ldi.
Shunday tushunchalardan biri nom oddiy (ko‘rinmas) aktivlar
tushunchasi hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi 7-son «Nomoddiy aktivlar» milliy ando-
zasining 4-bandiga asosan nom oddiy aktivlar «korxona tom onidan
ulardan
ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko ‘rsatish yoki
125
to v a rla rn i sotish ja ra y o n id a foydalanish m aqsadida yoxud
m a’muriy va boshqa ftmksiyalami amalga oshirish uchun uzoq
vaqt mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga
ega boMmagan m ol-m ulk hisoblanadi».
Boshqacha aytganda, nom oddiy yoki «yashirin» aktivlar
tarkibiga jismoniy,
oshkora shaklga ega boMmagan, lekin xo‘jalik
yurituvchi subyektga darom ad keltiruvchi vositalar kiritiladi.
U m um iy tarzda nom oddiy aktivlar (m ulk emas) deganda,
sanoat va aqliy mulk obyektlarining qiymati, mulk huquqi obyekti
sifatida tan olinadigan boshqa shunga o ‘xshash mulkiy huquqlar,
shuningdek, uzoq muddatli chiqim lar tushuniladi.
Nom oddiy aktivlar hisobi buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar
rejasi, «Buxgalteriya hisobi to ‘g‘risida»gi Q onun va buxgalteriya
hisobi milliy andozalarida, xususan, «Nomoddiy aktivlar» ham da
«Ilm iy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik
ishlab chiqarishida
xarajatlar» deb nomlangan 7 va 11-sonli buxgalteriya hisobining
milliy andozalarida bayon etiladi.
7-BHM Aning 6-bandiga asosan nomoddiy aktivlami buxgal
teriya hisobiga aktiv sifatida qabul qilishda bir vaqtning o ‘zida
quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
a) moddiy-ashyoviy tuzilish (shakl)ga ega b o ‘lmasligi;
b) uzoq m uddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali
xizmat muddati yoki agar u 12 oydan oshadigan b o ‘lsa, oddiy
operatsion sikl mobaynida foydalanish;
c) korxona ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni m o‘ljal-
lamaydi;
d) ishonchlilik, ya’ni korxonada aktiv va unga bo‘lgan mutlaq
huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli
ravishda rasmiylash-
tirilgan hujjatlar (patent, guvohnoma, boshqa m uhofaza qiluvchi
hujjat, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasining
mavjudligi);
e) identifikatsiyalash imkoniyati. Ayrimlari bir necha korxonaga
tegishli b o ‘lsa, har bir korxonada uning ulushi aks etadi.
7-BHM Aning 10-bandiga ko‘ra, nomoddiy aktivlar tarkibiga
korxona xodimlarining intellektual va ishchanlik sifati, ularning
malakasi va mehnatga
qobiliyati kiritilmaydi, chunki ular o ‘zla-
126
rining egalaridan ajralmas hisoblanadi va ularsiz foydalanish
mumkin emas.
Agar xo'jalik yurituvchi subyekt boshqa subyekt bilan tuzilgan
s h a r tn o m a s h a rtla r i b o ‘y ic h a ilm iy - ta d q iq o t va ta jrib a -
konstruktorlik ishlari bilan bog‘liq xarajatlar va darom adlarni
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektga o ‘tkazmasa, u holda ushbu
ilmiy tadqiqot-konstruktorlik ishlanmalari bilan shug‘ullanuvchi
xo‘jalik yurituvchi subyekt o ‘z xarajatlarini 11-«Ilm iy-tadqiqot
va tajriba-konstruktorlik ishlab chiqarishdagi xarajatlar» nomli
BHMA talablari asosida hisob olib boradi.
Y uqoridan kelib chiqib, nom oddiy
aktivlar hisobi oldiga
quyidagi vazifalar q o ‘yilgan:
1. N om oddiy aktivlarning tegishli guruhlari asosida hisobni
tashkil etish va ulardan samarali foydalanishni ta ’minlash.
2. N om oddiy aktivlar hisobini tegishli andoza va boshqa
m e’yoriy hujjatlar talablari asosida to ‘g‘ri va o ‘z vaqtida baholash.
3. Nom oddiy aktivlarga tegishli andoza va m e’yoriy hujjatlar
asosida amortizatsiyani hisoblash.
4. Eskirgan va xo‘jalik uchun oshiqcha b o ‘lgan nom oddiy
aktivlarning o ‘z vaqtida hisobdan chiqishini ta ’minlash.
5. Hisobdan chiqarilgan nomoddiy aktivlar bo ‘yicha moliyaviy
natijalam i to ‘g‘ri va o ‘z vaqtida aniqlash ham da hisobvaraqlarda
aks ettirish.
Dostları ilə paylaş: