daromadlari hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqlar hisobot davri
oxirida yakuniy moliyaviy natija hisobvarag‘i bilan yopiladi (D T
9010, 9020, 9030 KT 9910).
9040 — «Sotilgan tovarlaming qaytishi» hisobvarag‘i kontrpas-
siv hisobvaraqlardan bo ‘lib, uning debet oboroti sotilgan mahsulot
va tovarlardan darom adni kamaytiradi (D T 9040 KT 4010) va
u hisobot davri oxirida m ahsulot ham da tovarlarni sotishdan
darom adlar hisobvaraqlariga chiqarilishi bilan yopiladi (D T 9010,
9020 KT 9040).
Bu bo ‘yicha quyidagi m uom alalar ham uchraydi:
DT 9040 KT 5010, 5110 — puli to ‘langan holda qaytarilganda;
DT 2910 KT 9120 — xaridor tovarni qabul qilganda;
DT 9020 KT 9040 — tushum ga o ‘zgartirish kiritilganda.
9050 — «Xaridorlarga va buyurtmachilarga berilgan chegirma-
lar» hisobvarag‘ida shartnom a shartlari asosida sotilgan mahsulot
b o ‘yicha ham da sotish baholaridan (sotilgan m ahsulot, tovar,
ish va xizmatlar b o ‘yicha yaroqsizlik aniqlanganda) chegirmalar
hisobga olinadi va uning paydo bolishiga — D T 9050 KT 4010,
hisobdan chiqishiga — DT 9010, 9020, 9030 KT 9050 provod-
kalari tuziladi.
9000 — «Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga
oluvchi hisobvaraqlar» bo ‘yicha analitik hisobvaraqlar sotilgan
mahsulot, tovar bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlam ing har bir
turi bo'yicha tashkil etiladi.
Bunda, ya’ni ular analitik hisobini tashkil etishda korxonani
boshqarish nuqtayi nazaridan kelib chiqib sotish yo‘nalishlari,
mintaqalar b o ‘yicha sotilishi ham hisobga olinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: