Dalolatnoma №21/77


Tekshiruv jarayoni tasdiqlangan dastur asosida olib borildi



Yüklə 48,5 Kb.
səhifə2/3
tarix09.04.2023
ölçüsü48,5 Kb.
#95228
1   2   3
2. “Piskent Sanoatchi” - dalolatnoma

Tekshiruv jarayoni tasdiqlangan dastur asosida olib borildi.
Tekshirish jarayonida aniqlangan holatlar:
- “PISKENT SANOATCHI” MChJ ga “Pskentskoe (1985)” qum va shag`al aralashmasi konining qismidagi 344,928 ming m3 hajmdagi foydali qazilmalarni qazib olish huquqini beruvchi TV 0161 F 5 shakldagi litsenziya 2016 yilning 14 oktyabr sanasida berilgan. Jamiyatga litsenziyaga muvofiq yiliga 40,0 ming m3 hajmdagi qum-shag`al aralashmasi qazib olish majburiyati yuklangan. Litsenziyaning amal qilish muddati – 2021 yil 14 oktyabrgacha;
- “PISKENT SANOATCHI” MChJ ga noruda foydali qazilmalarni qazib olish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo`lgandan song, kar’er tashkil qilish uchun 13,6 ga yer maydoni Piskent tumani hokimi tomonidan 2017 yil 25 iyun sanasida 938-sonli qarorga asosan ajratilgan;
- “PISKENT SANOATCHI” MChJ tomonidan “Pskentskoe (1985)” qum va shag`al aralashmasi koni qismidagi foydali qazilmalarni qazib oilsh uchun ishchi loyiha ishlab chiqilib “SANOATGEOKONTEXNAZORAT” inspeksiyasi bilan kelishilgan hamda “SANOATGEOKONTEXNAZORAT” inspeksiyasi tomonidan jamiyatga kon ajratish dalolatnomasi rasmiylashtirilgan. Shu bilan birga kon ishlarini rivojlantirish maqsadida 2016-2018 yillar uchun yillik ish rejalari yilma-yil tuzilib “SANOATGEOKONTEXNAZORAT” inspeksiyasi bilan kelishilgan. 2019 yil uchun tuzilgan yillik ish rejasi esa Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilgan. 2020-2021 yillar uchun yillik ish rejalari tuzilmagan va Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishilmagan;
- O`zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasidan tomonidan ekologik ekspertiza xulosasi (ZVOS) hamda ekologik ekspertiza xulosasi asosida konni qazish ishlari jarayonida atrof-muhitga ta’siri to`g`risidagi bayonot (ZEP) me’yoriy hujjatlari mavjud.
Jamiyat tomonidan yo`l qo`yilgan kamchiliklar:
- “PISKENT SANOATCHI” MChJ tomonidan litsenziyalangan hududdagi noruda foydali qazilmalarni to`liq qazib olishni amalga oshirishni ta’minlamasdan, balki o`ziga biriktirilgan hududdan tashqarida ham keng tarqalgan noruda foydali qazilmalarni qazib olgan. Ushbu holat bo`yicha jamiyatning ish yurituvchisi tushuntirish berishdan bosh tortdi (og`zaki tarzda faqat ajratilgan maydonga javobgarligini, hududdan tashqarisiga javob bera olmasligini ta’kidladi);
- jamiyatga ajratilgan maydondagi noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlari ish rejasida ko`rsatilgan tartibda amalga oshirilmagan, balki, joylarni tanlab qazish ishlari bajarilgan;
- Jamiyatga ajratilgan hududdan tashqarida qazib olingan noruda foydali qazilmalar hajmini aniqlash maqsadida, 2021 yilning 29 sentyabr kuni “Geologiya-marksheyderlik xizmati” DK injener-marksheyderi A.Yu. Avg`onov tomonidan jamiyat ish yurituvchisi ishtirokida marksheyderlik o`lchov ishlari olib borildi. Marksheyderlik o`lchov ishlari natijasida jamiyatga ajratilgan hududdan tashqarida 61 672,6 m3 hajmdagi noruda foydali qazilmalar qazib olinganligi aniqlandi (marksheyderlik o`lchov ishlari natijasida tuzilgan ma’lumotnoma va o`lchov chizmasi ilova qilinadi).

Yüklə 48,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin