Dam olish daqiqalari



Yüklə 119 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü119 Kb.
#41439
Dam olish daqiqalari




Dam olish daqiqalari





To’plovchi : Yulduz Atadjanova

Urganch – 2014



HUSNIXAT DARSLARIda

Quvnoq dam olish daqiqalari uchun she’rlar:
1.

O’tiramiz o’g’il- qiz,

Barchamiz ahil-inoq.

O’rnimizdan turamiz,

Asta joyda yuramiz,

Qo’llarni ko’taramiz,

So’ngra chapak chalamiz.

Qo’llarni tushiramiz,

Boshni chapga va o’ngga

Aylantirib olamiz.

Birozgina dam olib

Keyin yana yozamiz.

2.

Qushlar uchib keldilar,



Ko’lmakchaga qo’ndilar,

U yon- bu yonga qarab

Yana uchib ketdilar

3.

Barmoqcham, barmoqcham,



Yozishni sen tez o’rgan.

O’rganmasang yozishni

Deyman seni: Lapashang!

4.

Yoza-yoza qo’llarim toldi,



Bir ozgina yozuvim qoldi.

Dam olaman ozgina,

So’ng yozaman sozgina.

5.

Elakda un elandi,



Supra unga belandi.

Xamir qordik ko’pgina,

Kulcha yopdik tezgina.

6.

Shamol bo’ldi,



Yomg’ir yog’di.

Dala-dashtga

Nima bo’ldi?

Quyosh chiqdi,

Gul ochildi.

7.

Bir, ikki, uch



Barmoqlarga kirsin kuch.

8.

Baliq bo’lib suzaman,



Ayiq bo’lib yuraman,

Quyon bo’lib sakrayman,

O’quvchi bo’lib o’tiraman.

9.

Dutor chalaman,



Doira chalaman,

Pianino chalaman,

G’ijjak chalaman,

Raqsga tushaman,

Bir aylanib,

Joyimga o’tiraman.

10.

Boqqa kirsam olmalar



Qip-qizarib pishibdi.

Silkitibdi shamollar,

Yerga to’p-to’p tushibdi.

11.


Oyim yopar kulcha non,

Menga yoqar u chunon,

Bizlar o’tin tashiymiz

Tandir qizdirish uchun

12.

G’oq- g’oq- g’oq



Nega pating oq?

Suvda suzaman,

Shuning uchun oq.

13.


Chumchuq chuq-chuq etadi,

Donni cho’qib ketadi.

Donni cho’qsa mayli-ya,

Nega to’kib ketadi?

14.

G’ozlar qo’shiq kuylaysiz G’oq - g’oq - g’oq.



Qayerlarda o’ynaysiz, G’oq - g’oq - g’oq.

Uchib-o’ynab ko’klarda, G’oq - g’oq - g’oq.

Cho’milamiz ko’llarda G’oq - g’oq - g’oq.

15.


O yallo, yallo,

Jamalagi tillo.

Maktabga kelamiz,

“Besh” baho olamiz,

Quvonishamiz,

Uyga ketamiz.

16.

Bizlar yosh bolalarmiz,



Bog’dagi gul-lolalarmiz.

Ham o’qiymiz, ham yozamiz,

Charchasak, dam olamiz.

17.


Uzum uzdik bog’lardan,

Lola terdik tog’lardan.

Endi asta o’tiramiz,

Yalqovlikdan qutilamiz.

18.

Gulzorimda kapalak



Guldan – gulga qo’nadi.

Tutib olay deganda

Tutqich bermay qochadi.

Agar poylab turmasam

Gulni uzib ketadi.

19.


Biz o’rmonga boramiz,

Qo’limizda boltamiz.

Daraxtlarni chopamiz,

Bir, ikki, uch, to’rt,

Ufff, charchadik..

20.


To’g’ri o’tirganning,

Daftarni to’g’ri qo’yganning,

Ruchkani to’g’ri ushlaganning

Yozuvi bo’lar chiroyli.

21.

Ruchkam deydi: Yozavergin,



Ilm konin qazavergin,

Ayab sira tindirmagin,

Meni also sindirmagin.

Qog’ozlarda izim qolsin,

Elga aytar so’zim bo’lsin!

22.


Chumchuq etsa pirrr,

Yuragi etib shirrr.

Qo`rqoq quyonvoy,

Yuguradi zirrr.

23.

Qarg`a qarillarr,



Varrak varillarr.

Tarnovda suvlarr,

Oqib sharillarr....

24.


Bo`yin cho`zib qarag`ay,

Yon atrofga qaragay.

Der u: barcha daraxtdan,

Baland akang qarag‘ay.


25.

Olma yedim baqalog‘idan,

Anjir yedim yapalog‘idan.

Olcha yedim qo‘shalog‘idan,

Dehqon bobomning shapalog‘idan.

26.


Daraxt tagin yumshatamiz,

Daraxtga suv quyamiz.

Daraxtim o`sib ketdi,

Bo`yi osmonga yetdi.

27.

Ayiq asal yalabdi ko`p, ko`p, ko`p,



Arilar ham talabdi xo`p, xo`p, xo`p,

Yur, yordamga boraylik tez, tez, tez,

Tartibga chaqiraylik biz, biz, biz, biz.

28.


Yo’lda yurib Sotvoldi

Yerdan tanga topvoldi.

-Olib yegin, deb, makka,

Berdi uni chittakka

29.

Semizligi yostiqdaka



Sakrab – sakrab o’ynar baqa

“Vaq –vaq - vaq”, “qur- qur - qur”

Qanday maza suzsang nuqul!

30.


Yoza- yoza qo’llarimiz charchadi.

O’qiy- o’qiy ko’zlarimiz charchadi.

Birozgina dam olamiz,

“Besh” bahoni biz olamiz.

31.

Rosa maza qish,



Qorlari kumush.

Oq kiygan atrof

Qish havosi sof.

32.


Bog’bon chiqar bog’iga,

Cho’pon ketar tog’iga

Bolarilar g’uvillab

Qo’nar gul yaprog’iga

Suvlar shildirab oqar,

Qo’shig’i dilga yoqar.

Bizga shodlik keltirding,

Salom, senga gul bahor!

33.

Bo’m-bo’sh dala –qir,



Yog’adi yomg’ir

Qushlar uchdilar,

Barglar tushdilar.

Sariq dala-tuz

Hamma yoqda kuz!

34.


Bog’da uchar ninachi,

Gulni quchar ninachi,

Yozganda ikki qanot

Xuddi ko’kda samolyot.

35.

Shalpangquloq quyonim,



Endi sakrab o’ynasin,

Mazza qilib quvnasin.

Kimdandir cho’chib ketdi,

Quyoncham qochib keetdi.

36.

Baliq – baliq, baqaloq



Akulaga chaqaloq.

Qani endi, zo’r bo’lsang,

Akvariumdan chiqib boq.

37.


Echki kiyibdi etik,

Yana bo’libdi tetik.

Kiyibdi to’rt oyoqqa

Chopqillabdi har yoqqa.

38.

Non ushog’in sochmaymiz,



Yerda yotsa bosmaymiz.

Terib olib avaylab

Qush oldiga tashlaymiz.

39.


Quyosh kulyapti,

Bizlarga qarab.

Nurga to’lyapti,

Qarang to’rt taraf.

Quyosh bizniki,

O’g’il – qizniki!

40.

Quyon, quyon,



Kelgin buyon.

Qo’rqma uncha,

Qurdik uycha.

Sovuq kunda

Mazza bunda!

41.


Yoza-yoza charchadik,

Qo’llarimiz dam olsin.

O’qiy –o’qiy charchadik,

Ko’zlarimiz dam olsin.


Darslar uchun shiorlar:

1.

Shoshilmaymiz, oz yozamiz,



Lekin toza, soz yozamiz.

2.

O’tirishim to’g’ri, soz.



Qoidaga juda mos.

Ko’kragimni men sira

O’tirganim yo’q tirab

Chiroyli yoz yozsang xat,

Chunki bu ham zo’r san’at.

3.

Ona tilim - oy tilim,



Hikmatlarga boy tilim.

Shon tilim, shavkat tilim,

Mustaqil davlat tilim.

4.

Ona tilim – jonu dilim,



Sen-la olay chuqur bilim,

Yozuv darsin boshlaymiz,

Olg’a qadam tashlaymiz.

Daftarlarni chiqarib

Ruchkalarni shylaymiz.

Chiroyli yozish uchun

Bor kuchimiz sarflaymiz!

5.

A’lochilar sinfi bu



Chakki emas ishimiz.

Bir sinfga to’planganmiz,

A’lodir o’qishimiz!

6.

Biz sinfda anchamiz,



Lekin zo’r sinfchamiz.

Bo’sh kelmaymiz darslarda

Biz “besh”chimiz, “to’rt”chimiz,

A’lochi o’quvchimiz!

7.

O’qish kitob ochildi,



Ko’z nurlari sochildi.

O’qish kitobi bizni

Yetaklar o’g’il-qizni.

Yetaklar bilim sari

Nurli kelajak sari.

8.

O’qituvchi:

Bugun oddiy dars emas,

Balki sinov darsidir,

O’tib olsak sinovdan

Bu hammaga yaxshidir.

Qani, ayting, bolalar,

Kim navbatchi bo’ladi?

Bugungi kun hisobin

Menga aytib beradi?

9.

Salom, ona tili darsim,



Bilim olish maqsadim.

Kelishtirib so’zlarni

Tuzarman ko’p gaplarni.

Qanot bog’lab parvozga

Ergashamiz ustozga.

Sinfim – mening gul bog’im,

Ko’pdir do’st-u o’rtog’im.

10.


Darslarimiz xilma-xil,

Ongim o’sar yilma-yil.

A’lo o’qishdir burchim

Sarf etaman bor kuchim!

11.

O‘qituvchi:

Shodlik to‘lsin desangiz,

Yuragimga, dilimga.

A’lo o‘qing maktabda

Mehr qo‘yib bilimga.

12.


Varaqlasam bir boshdan,

Quvnab bahrim ochilar,

Oltin harf so’zlardan

Totli ma’no sochilar.

Shuning uchun deyman-ki,

Kitob mening do’stimsan!

13.

Maktabda doim



O’qiyman a’lo

Qiyin ishlardan

Qochmayman also.

Sport mashqlarin

Qilmayman kanda

Kuch bilan aql

Bo’lar sog’ tanda!

14.


Qushlarga eng birinchi

Uchishni o’rgatarlar.

Bolalarga birinchi

O’qishni o’rgatarlar.

Katta bo’lgach, albatta,

Qushlar uchishi kerak.

Bolalar-chi, albatta,

A’lo o’qishi kerak!

15.

Mening o’qib, yozganim,



Oltin-kumush qazganim,

Tilak sari uchishga

Go’yo qanot yozganim.

16.


O’quvchilar:

O’qish – bu odob ilmi,

Berar bizga hayotdan saboq

U bordir-ki, hayot sururli,

U bordir-ki, kelajak porloq.

O’qituvchi:

Ushbu dars yoqar kimga?

Qani, ayting-chi, menga?

O’quvchilar:

Sizga, bizga, hammaga,

Yoqar ushbu darsimiz.

Chunki kitob o’qishga

Havas uyg’otgan o’zingiz!

17.


Biz o’qiymiz hozirda

……..nchi maktabda

A’lo o’qib albatta

Olim bo’lish niyatda.

18.

Salom maktab, jon maktab!



Seni sevaman maqtab.

Bizga ochgin quchog’ing

Yoningda gulzor. bog’ing.

19.


O’qituvchi:

Salom, aziz bolalarim,

Gulu rayhon, lolalarim

Qani, tinglang so’zlarim

Jajji o’g’il-qizlarim.

Ona yurt egasi – siz,

Istiqlol ertasi – siz,

Bo’ling aqli rasolar,

Ham bilimdon, donolar.

O’quvchilar:

Bizlar yaxshi bolamiz,

Ochilgan gul-lolamiz.

Ota-ona izmidan,

Ustozlarning so’zidan,

Bizlar also chiqmaymiz,

Darsga shay gul-g’unchamiz!
Dam olish daqiqalari uchun o’yinlar:

1.“Domino” o`yini

Uni quyidagicha o`tkazish mumkin. Bir o`quvchi so`z aytadi, shu so`z qaysi harf bilan tugasa, shu harf bilan boshlangan so`zini boshga o`quvchi aytishi kerak. Bu o`yin shu tarzda davom ettiriladi. Yo’zma tarzda ham qo’llash mumkin. Namuna: ishla – adolatli – insofli – ilmli - inson – nargiz – zafar – rostgoy- yilnoma – anor – rubob.

2.“Nazoratchi harf” o`yini.

O`qituvchi belgilangan harf asosida o`quvchilarga so`z yozishni taklif etadi. Masalan, o`qituvchi biror harfni tanlab uni nazoratchi harf qilib belgilaydi va shu harf so`z boshida kelishiga namunalar yozing deb aytadi. Ishni bajarish uchun aniq 2-3 minut vaqt belgilanadi. O`quvchilar yozadilar: shodlik, shahar, shovqin, shalola, sharshara, sharafli, shar, sher, v.h. Belgilangan vaqtda ko`p so`z yozgan o`quvchi birinchilikni oladi.



3.“So`z tuz” o`yini.

Oquvchilarda doira ichida 8 ta harf taqdim etiladi. O`quvchilar shu harflar ishtirokida so`zlar hosil qiladilar. Belgilangan vaqtda ko`p so`z hosil qilgan o`quvchilar yoki guruh g`olib sanaladi. Bu o`yinni, ayniqsa, unli va undosh tovushlarni o`rgangandan keyin o`tkazish maqsadiga muvofiq bo`ladi. Agar o`quvchilar e`tiboriga a, u, b, z, f, s, t, a harflari berilgan bo`lsa , ular bu harflarni qatnashtirib, bu, sab, tuz, aft, saf, bas kabi so`zlar hosil qiladilar.



4.“Keyingi bo`g`inni top” o`yini.

Berilgan bo`g`inlar ishtirokida so`z tuzish tushuntiriladi. Qaysi o`quvchi ko`p so`z tuza olsa, “besh” baho bilan mukofatlanadi. Masalan, bo bo’gini

Bola, bobo, bozor, bodom, ...

bo` Bo`gin, bori, bo`liq, bo`zchi ...

sa Savob, sarob, sadaqa, salom ...

5.“Egizaklar” o`yini. O`quvchilarga so`zlar tarkibida qo`sh undoshlar kelishini izohlashgach, ularni egizaklarga o`xshatish mumkinmi deyiladi. Bolalar uchun bu esda qoladigan o`yin bo`la oladi. Agar bir xil (m,m,ll,ss) undosh bo`lsa, Hasan – Husan, ikki xil undosh q`osh kelsa (nsh, st, nd) Tohir- Zuhra kabi obrazli o`xshatishlar aytilsa, o`quvchilar darrov shunday so`zlarni izlashadi, o`yin qiziqarli bo`ladi.

Namuna:

Hamma, amma, pilla, tilla, issiq, hassa. (Hasan – Husan)

Ganch, do`st, go`sht, qand, vaqt, baxt (Tohir- Zuhra )
6.“Bo`ginlar ko`prigi” o`yini.

Ushbu o`yinni barcha o`quvchilar alohida qiziqish bilan o`ynashadi. Ba`zan katta yoshdagi o`quvchilar orasida o`tkazilganda ham yaxshi natija beradi. Hatto maktab o`qituvchilari bu o`yinni mas`uliyat bilan bajarishadi. Bolalar uni bajarish davomida mavhum fikrlaydilar. Ilgaridan o`rgangan so`zlarini xotiralarida qayta tiklab, ikki so`z uchun umumiy bo`lgan bo`g`inni aniqlashadi. O`yinni o`tkazishda “Bo`g`inlar zanjiri” o`yinidan foydalansalar bo`ladi.

O`yindan namuna


I

II

Qa ….pa (-lam)

Mohi ….zor (-gul )

Sha…ra (-kar)

San ….qat (-diq)

7. “Kun va tun” o`yini.

O`qituvchi uka so`zini alohida yozib, bolalarga: “So`zni ko`rib olib, ko`zingizni yuming”,- deydi va u harfini a harfi bilan almashtirib: Endi ko`zingizni oching, so`zda qanday o`zgarish bo`lganini ayting ;- deydi. Bolalar u harfi a harfi bilan almashtirilganini natijada so`z ma`nosi o`zgarganini, aka so`zi paydo bo`lganini aytadilar. Bu o`yin 1-2 marta o`tkazilgach so`zlarning soni ko`paytirilishi, murakkablashtirilishi mumkin. bola- bolg`a, ko`kat –ko`mak, sovuq- tovuq. Kun va tun o`yinini har xil shakllarda o`tkazish mumkin.



8. “Par etdi” o’yini

Bu o`yin quvnoq daqiqada o`tkazishga mo`ljallangan. «Par etdi» o`yini o`qituvchi boshchiligida o`tkaziladi. O`qituvchi qush va boshqa uchadigan narsalarning nomini aytadi, bolalar «par etdi, par etdi» deb qo`llarini baland ko`tarib pastga tushiradilar. O`yin o`rindan turgan holatda o`ynaladi. Qushdan boshqa narsa nomi aytilganda bolalar cho`kkallab o`tirib turadilar va ketdi, ketdi deb aytadilar. Bu o`yin bolalarni zukkolikka, topqirlikka, hozirjavoblikka o`rgatadi.



9. “Xotira mashqi” o`yini

O`yinni uyushtirish uchun avvaldan ko`rgazma tayyorlanadi. Hozir xotira mashqi o`yini o`tkazilishini aytib, o`yinning shartini tushuntiradi. O`qituvchi ko`rgazmadagi so`zlarni ikki marta o`qib beradi. O`quvchilar uni eslab qolishga intiladi. Keyin ko`rgazma yopib qo`yiladi. Ko`p so`zni eslab qolgan va ularni yozgan o`quvchi g`olib topiladi va rag`batlantiriladi. Masalan: Daftar, paxta, qish, bahor, kuz, kitob, soat, o’quvchi, ustoz.

O’yinni og’zaki tartibda ham o’tkazish mumkin. Masalan, Bir o’quvchiga 8ta so’z o’qib beriladi.:

Javon, kitob, parta, qo`ng`iroq, bo`r, baho, qor, qo`zichoq.

O’quvchi xotirasida qolganini takrorlaydi.

10. “O`z so`zingni top” o`yini

Sinf o`quvchilari ikki guruhga bo`linadi. Har bir guruhdagi bolalar berilgan matndan o`qituvchi bergan topshiriqqa oid so`zlarni tanlab oladi. Birinchi guruhdagi o`quvchilar matndagi ot so`z turkumiga oid so`zlarni, ikkinchi gurugdagilar sifat so`z turkumiga oid so`zlarni tanlab yozadi. Buning uchun o`qituvchi so`zlar yozilgan ko`chma doska yoki kartonni bolalarga ko`rsatadi. Har ikkala guruh ham ishga tushib ketadi, Qaysi guruh tez va to`g`ri bajarsa o`sha guruh g`olib hisoblanadi va rag`batlantiriladi.

So`zlar: Kartoshka, shirin, parta, baland, olma, katta, qora, kichik, tuzli, o`rik, ko`rkam, nordon, kitob, yoqutday, daftar, ko`k, bodring, achchiq, paxta, pilla, taxir, qalam, ruchka,do`ppi, bo`r, totli.

11. “So`z ichida so`z” oyini

Ushbu oyin o`quvchilarning fikrlash faoliyatini o`stiradi. So`z tarkibi va so`z turkumlari va so`zning luga`viy ma`nosini yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlaydi. O`quvchida har bir so`zga va tovushga alohida diqqat bilan qarash ko`nikmasi shakllanadi. Buning uchun o`qituvchi xattaxtaga bitta so`zni yozib qo`yadi. O`quvchilar ana shu so`z ichidagi tovushlar ishtirokida yangi so`zlar tashkil qiladi. Agar o`yin guruhlar o`rtasida o`tkazilsa har bir guruh navbatma –navbat bittadan so`zni xattaxtaga yozib boradi. So`z topa olmagan guruh yengilgan hisoblanadi.

12. “Mozaika (ermak)” o`yini.

Bu o`yinda to`rt o`quvchi ishtirok etadi. Ularning har biriga 20-25 tadan bo`g`in yozilgan kartochkalar solingan konvert beriladi. Konvertda har xil bo`g`inlar o`rin oladi. Bu bo`g`inlar ishtirokida ruzilgan so`zlar ma`lum tartib bilan joylashtirilib chiqilsa, qisqaroq hikoya, sheriy parcha yoki to`rtlik hosil bo`lishi mumkin. O`quvchilar ushbu o`yin orqali gapda so`zlarning bog`lanishini,so`zlarni tashkil qilishda bo`g`inning rolini bilib oladi. Har bir o`quvchiga beriladigan kartochkalar iloji bo`lsa alohida rangda bo`lishi zarur. Bu kartochkalarning almashib ketishi natijasida kelib chiqadigan bir qator muammolarning oldini oladi. O`quvchilar konvertlarni olib o`yin qoidasi bilan tanishib bo`lishgandan keyin, o`qituvchi matnni o`qiydi.Qaysi o`quvchi birinchi bo`lib bo`g`inlarni to`g`ri joylashtirib o`qib bersa o`sha g`olib hisoblanadi. Matnda bosh harflar bo`g`inda ifodalanish zarur.

Shod-lik-ka to`l-di

Bu-gun u-yi-miz.

Qut-lug` bay-ram-dir

Yan-gi yi-li- miz.

Tinch bo`l-sin o-lam,

Bor bo`l-sin deh-qon.

To`x-tab qol-ma-sin

Hech bir te-gir-mon.



13. “Tilsim” o`yini

Tilsim o`yini bolalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini o`stiradi.Bu o`yinda soda gaplarning, ba`zan qo`shma gaplarning andazasi beriladi. Gapni tashkil etishda ishtirok etayotgan har bir so`zning necha harfdan iboratligi va qaysi tovush bilan boshlanishi ko`rsatiladi. O`quvchilar gapning sxemasini kuzatib qolgan tovushlarni topgach gap tarkibidagi so`zlarni berilgan andoza bo`yicha to`ldiradi.



o

l

t

i

n




o












o
















o






o
















o
















e
















Yuqorida berilgan gapda o`zbek xalq maqollaridan biri yashirilgan. Oquvchilar o`qitilgan maqollarni eslab ushbu maqolni topadilar. Agar o`quvchilar maqolning javobini topishga qiynalsalar har bir so`zning oxiridagi harfdani ham ko`rsatib qo`yish yoki birinchi so`zni to`liq yozib ko`rsatish mumkin. Oltin olma, olqish ol, Olqish oltin emasmi?

1-4 –sinflarning o`qish kitoblarida o`zbek xalq maqollari o`rin olgan. O`quvchilarilar ularni ushbu o`yin orqali o`zlashtirib oladi.



O`yinning sharti: Maqolni toping.

d







t




s



















t





















T













b




b
















q






























Yüklə 119 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin