1-aktiv element, 2-optik rezonator (bir-biriga parallel ko‘zgular), 3-damlash (nakachka, pumping) sistemasi, 4-rezonator ichiga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha elementlar. Ko‘zgularga perpendikulyar bo‘lgan AA' o‘q lazerning optik o‘qi bo‘lib xizmat qiladi va lazer nuri shu yo‘nalish bo‘yicha tarqaladi.
Damlash - energiyani tashqi manbadan lazerning ishchi muhitiga damlash jarayoni .
Olingan energiya ishchi muhitning atomlarini uyg’ongan holatga aylantiradi.
Uyg'ongan holatda atomlar soni asosiy holatdagi atomlar sonidan oshib ketganda, populyatsiya inversiyasi ( инверсия населённости) sodir bo'ladi. Bu holatda, majburiy nurlanish mexanizmi ishlay boshlaydi va lazer nurlanishi yoki optik kuchaytirish sodir bo 'ladi.
Damlash energiyasi lazerning generatsiya chegarasidan oshib ketmasligi kerak.
Damlash energiyasi nur, elektr toki, kimyoviy yoki yadroviy reaksiyalar energiyasi, issiqlik yoki mexanik energiya shaklida berilishi mumkin.
BU YERDA YUTILISH, SPONTAN NURLANISH HAMDA MAJBURIY NURLANISH JARAYONLARI KO`RSATILGAN.