Danakli mevalarni yetishtirish va ularga shakl berish texnologiyasi Reja



Yüklə 52,59 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü52,59 Kb.
#208895
1   2   3   4   5
Danakli mevalarni yetishtirish va ularga shakl berish texnol

Qaysa tayyorlash texnologiyasi. Qaysa — danagini olib, quritilgan o‘rikdir. Qaysa yirik mevadan tayyorlanadi. Uni tayyorlash usuli turshaknikidan farq qilmaydi. Masalan, mevalar podnoslarda dudlangan quritish maydoniga qo‘yiladi va ular bir-ikki kun turib yana ochiq maydonda saqlanadi. Bir-ikki kundan so‘ng ular ag‘darib, danagi olingach, og‘zi yopib qo‘yiladi. Bir kundan keyin podnoslar shtabelga olinadi va mevalar soyada quritiladi. Bundan keyingi ishlar turshak tayyorlashdan farq qilmaydi. Qaysa 8-13 kunda yetilib, xom ashyoning 20-27% i miqdorida mahsulot olinadi.
O‘rikni turshak, quraga, qaysa, va ashtak usullarida quritish texnologiyasi.
O‘rikdan quruq meva tayyorlash.
O‘rik mevasini quritish uchun tarkibida quruq moddasi yuqori bo‘lgan, mevasi yirik ser etli va sifatli bo‘lib, danagi etidan yaxshi ajraladigan, shirin mag‘izli navlari tavsiya etiladi.
Quritish uchun eng yaxshi navlari quyidagilar hisoblanadi: Subxoni, Isfarak, Xurmoni, Ko‘rsodiq, Yubileyniy Navoiy, Ruxi Juvanon, va boshqa mahalliy turshakbop navlardir.
Quritilgan o‘rik tarkibida vitamin «S» bilan karotin miqdori boshqa quritilgan meva turlaridagiga nisbatan ko‘pdir.
O‘rik mevasidan turshak, bargak, qaysa va ashtak quritish usullari mavjud.
O‘rikni turshak usulida quritish.
Turshak – bunda mevalar butunligicha quritiladi.O‘rik mevasini quritishda, eng oddiysi bu turshak quritish usulidir. Turshak quritishning texnologik jarayoni boshqa usullarga nisbatan ancha yengil va ixchamdir.Hosil yirik maydaligi, yetilganlik holatiga qarab saralanadi, chirigan, ezilgan, kasallangan va hashoratlardan zararlangan mevalar ajratiladi, undan keyin oqava tiniq suvda yuviladi.

Tayyorlangan meva butunligicha padnislarga bir qator qilib teriladi va ochiq maydonga quritish uchun jo‘natiladi.
Sifatli mahsulot olish uchun mevalar oltingugurt bilan dudlanadi.Bir kg meva uchun 2-2,5 grammgacha oltingugurt sarflanadi. Mahsulot 1,5-2 soat mobaynida dudlanadi.
Quritilgan mahsulot oz miqdorda bo‘lsa fanerli qutilarda dudlanadi. Agar mahsulot ko‘p miqdorda bo‘lsa, u holda 200 ta padnis sig‘adigan maxsus statsionar dudlash kamerasini qo‘llash mumkin. Quritilgan mahsulotni nami bir oz qochganda, ya’ni 3-4 kundan keyin u padnisga yopishmasligi va sifati buzilmasligi uchun ag‘darib chiqiladi.
Eng yaxshi sifatli turshak olish uchun mevalarni soyada padnislarni 10-12 tadan taxlab quritiladi.
Mahsulotga quyosh nuri tegmasligi uchun bo‘sh padnisni taxlangan padnislar ustiga yopib, to qurib tayyor bulguncha qoldiriladi. Quritish ob-havo sharoitiga qarab 7-10 kun davom etadi. Bunda 28-35% gacha turshak mahsuloti olinadi.
O‘rikni kuraga usulida quritish texnologiyasi. Kuraga ikkiga yorib quritilgan o‘rikdir. U yirik mevalardan tayyorlanadi. O‘rikni terish, tashish, saqlash, navlarga ajratish va yuvish turshak tayyorlashdan farq qilmaydi. Yaxshilab yuvilgan o‘rik chizig‘idan ikkiga ajratilib danagi olinadi. Bu ish qo‘lda bajariladi.
Meva pallachalari qaynoq suvda 45-60 daqiqa tutiladi, ichi tomonini ustga qaratib podnoslarga teriladi va oltingugurt bilan dudlanadi. Har 1 kg mevaga 1.5-2 gr oltingugurt ishlatiladi, dudlash 45-60 minut davom etadi. Dudlangan meva podnosi bilan birga so‘kchaklarga olib quritiladi. Namning 1g‘2—2g‘3 qismi qochgandan so‘ng o‘rik pallachalari ag‘darib, taxminan namning 3g‘4 qismi qochgandan so‘ng podnoslar shtabelga taxlab qo‘yiladi. Kuraga oftobda taxminan 24-30 soat quritilishi lozim. Shu davrda u asosan qurib bo‘ladi.Soyada esa bir tekis quriydi. O‘rik qovjirab, burishib qolmaydi, vitaminlari yaxshi saqlanadi, rangi o‘zgarmaydi.
Kuraga 5-7 kunda obdon qurib bo‘ladi. Uni qo‘lga olib ezib ko‘rganda sinmaydigan, po‘sti va eti qayishqoq (elastik) bo‘lsa tayyor hisoblanadi. Uning nami 18 foizdan oshmasligi kerak. Ho‘l mevadan 19-26% kuraga olinadi. Hozir ham qaynoq suvga pishib olish, dudlash, soyada quritish kabi usullardan foydalanmagan holda turshak, qaysa va kuraga tayyorlanmoqda. Ammo bunday mahsulot jigar rang va qoramtir bo‘ladi, buning ustiga qaynoq suvga pishib olinmagan va dudlanmagan o‘rik, quritish maydonchasida 1,5-2 baravar ko‘p tutiladi. Blanshirovka qilingan va dudlangan mevalarga nisbatan quruq mahsulot 2-2,5 % kam olinadi.


Shaftolini quritish texnologiyasi.
Shaftolini tukli va tuksiz (nektarin) navlari quritiladi. Shaftolini Start, Lola, Obilno‘y, Nektarin jeltiy, Elberta, Farxod navlari quritish uchun eng yaxshi hisoblanadi.
Shaftoli mevasini quritishda quyidagi texnologik jarayon qo‘llaniladi: saralash – yuvilish – kesish – ishqor eritmasida ishlov (blanshirovka) berish – sovitish – padnislarga yoyish-oltingugurtda dudlash.
Shaftolini bargak usulida oltingugurtda dudlab yoki dudlamasdan quritiladi, ammo dudlab quritilganda tovar sifati yuqori bo‘lgan mahsulot olinadi.

Tukli shaftolini quritganda mahsulot ko‘rimsizroq bo‘ladi, ammo yuqori sifatli mahsulot olish uchun mevalar hajmiga, yetilganlik holatiga qarab saralanadi. Saralanganda mevalarni sig‘imi 2-4 kg li savatchalarga solinib 1-3%li ishqorning qaynoq eritmasiga (kaustik sodaga) 30-40 soniya mobaynida botirib olinadi va oqava suv bilan chayqaladi. Shunda meva po‘sti osongina archiladi. Shaftoli po‘sti archilgandan keyin mevalarni pichoq bilan ikki bo‘lakka tekis qilib, danaklari ajratib kesiladi, undan keyin padnislarga terib dudlash uchun jo‘natiladi.
Shaftoli mevasini avval kesib undan keyin ishqor eritmasi bilan ishlov berish ham mumkin.
Mahsulotni hajmiga yetilganlik holatiga qarab bir kilogramm meva uchun 2-2,5 gr yoki katta xajmda bo‘lsa dudlash kamerasida 75-100 grammgacha oltingugurt sarflanadi, 1-1,5 soat mobaynida dudlanadi va quritish maydoniga yuboriladi.
Ikki-uch kundan keyin dudlangan mahsulot ag‘darilib, soyaga padnislar taxlanib to yetilguncha quritiladi, tayyor mahsulotning namligi 18-19%dan oshmasligi kerak. Quritish ob-havo sharoitiga, shaftoli naviga qarab 7-22 kun davom etadi. Bunda quritish usuli va shaftoli naviga qarab 14-20% gacha mahsulot olinadi.

Yüklə 52,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin