Danakli mevalarni yetishtirish va ularga shakl berish texnologiyasi Reja


Shaftoli quragasini tayyorlash tartibi



Yüklə 52,59 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü52,59 Kb.
#208895
1   2   3   4   5
Danakli mevalarni yetishtirish va ularga shakl berish texnol

Shaftoli quragasini tayyorlash tartibi.
Uning luchchak turidan -“Luchchak shaftoli”, “Obilniy”, “Lola”, “Sariq luchchak”, tukli shaftolilardan - “Elberta”, “Samarqand”, “Snejniy”, “Standart”, “Farhod” va boshqa navlari quritiladi. Qoqi qilishning texnologik jarayoni - uzish, tashish, saqlash, navlarga ajratish va kalibrlash, yuvish, qaynoq suvga pishish, dudlash, quritish, namini baravarlash, joylash va saqlab qo‘yishdan iborat. Shaftoli o‘z naviga, shakliga xos maksimal quruq moddalarga ega bo‘lgan yiriklashgan va rang kirgan paytda uziladi. Mevalarning eti tig‘iz bo‘lishi lozim. Pishib quritishga yaraydi. Ammo bunday mevalar xom ashyo saqlanadigan maydonchada turgan paytda pishib yetilishi lozim. Bunday shaftolidan yaxshi qoqi olinadi.
Shaftoli asosan avtomashinalarda yoki ressorli aravachalarda 10-12 kg li qutilarga solib tashiladi. Agar ustma-ust ortiladigan bo‘lsa, ularga ortiqcha shaftoli solinmaydi. Mevani urintirmay ehtiyotkorlik bilan tashish lozim. Yuk ortish va tushirishda panshaxali avtoyuklagichdan foydalaniladi. Unga o‘rnatilgan taxtalar ustiga qutilar qo‘yiladi. Meva solingan qutilar xlorli ohakning 0,5-1,0 % li eritmasi bilan dezinfeksiya qilinadi. Keyin toza suv bilan chayib quritiladi. Olingan xom ashyoni imkoni boricha tezroq qayta ishlanishi lozim. Ammo, yaxshi yetilmaganiga ko‘ra, uning bir qismi saqlab qo‘yiladi. Shaftoli qutilarga solinib, bostirma yoki shamollatib turiladigan binoda balandligi 1,5 m li shtabellarda saqlanadi. Ular orasida ochiq joy qoldiriladi.
Yeyishli bo‘lgan mevalarni ko‘pi bilan 16 soat, yetilishiga 3-4 kun qolganida uzilganlarini 3-4 kungacha saqlash mumkin. Shtabellarga mevaning navi, uzilgan payti, hashorat va kasalliklarga qarshi dorilanganligi xususida yorliqlar osib qo‘yiladi. Qayta ishlashda mevalarning quritish maydonchasiga qachon keltirilganligiga katta e’tibor berish kerak.
Hosilni quritishga tayyorlashda navlarga ajratish, katta-kichikligiga qarab xillash katta ahamiyatga ega. Xom ashyo ajratilganda undan turi va rangi bir xil mahsulot olinadi. Mevalar katta-kichikligiga qarab har xil tartibda tozalanadi. Bundan tashqari qaynoq suvda pishib olinadi, quritish muddati ham har xil bo‘ladi.

Yüklə 52,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin