Dars boshlanishi bilan 15 minut mavzuga kirishib olish uchun test savollari ko`rib chiqiladi



Yüklə 23,45 Kb.
səhifə1/4
tarix19.09.2022
ölçüsü23,45 Kb.
#63808
  1   2   3   4
2-seminar uchun agenda


2-seminar mashg`uloti agendasi


  1. Dars boshlanishi bilan 15 minut mavzuga kirishib olish uchun test savollari ko`rib chiqiladi.



  1. Test savollaridan so`ng, guruhlarga bo`lingan talabalar bilan mavzuni deyarli qamrab oluvchi quyidagi masalalar muhokama qilinadi.

2-seminar mashg`uloti davomida muhokama qilinadigan masalalar:

  • Fuqarolik qonun hujjatlarining vaqt bo`yicha ta’sirini tushuntiring/ Yangi qonunning u kuchga kirguniga qadar yuzaga kelgan munosabatlarga tatbiq etilishining ikki: to‘liq va qisman variantlari (turlari) misollar bilan muhokama qiling

  • Oliy Sud Plenum qarorlari fuqarolik huquqining majburiy manbasi hisoblanadimi? Muhokama qiling.

  • Fuqarolik-huquqiy normalarni sharhlashning qanday turlari bor? Ular haqida tushuncha bering?

  • Qonun o`xshashligi va huquq o`xshashligini farqlab bering/ ularni qo`llash uchun mavjud talablar qanday?

  • Halollik, oqillik va adolat tamoyillari deganda nimani tushunasiz? Misollar bilan tushuntiring.

  • Ish muomalasi odatlari, mahalliy urf-odatlariga fuqarolik huquqining manbasi sifatida qanday talablar qo`yilgan?

  • Fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelish asoslarini sanang. Yuridik fakt nima?

  • Hodisalar yuridik fakt bo`la oladimi? Misollar bilan tushuntiring.

  • Huquq yo`l qo`yadigan va huquq yo`l qo`ymaydigan harakatlarning yuridik fakt bo`lishini muhokama qiling.

  • qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi qonunda nazarda tutilmagan bo‘lsa-da, unga zid bo‘lmagan shartnoma va boshqa bitimlardan huquq va majburiyatlarning vujudga kelishini tahlil qiling. Shartnoma va bitimning bir-biridan qanday farqlari mavjud?

  • Delict yuridik fakt bo`lishi mumkinligini tushuntiring

  • Asossiz boyib ketish natijasida huquq va burchlar paydo bo`lishini izohlang. Asossiz boyib ketish fuqarolik huquqida nimani anglatadi?

  • FKning 8-moddasi 1-qismi 8-bandidagi fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida yuridik faktlar vujudga kelishiga misollar ayting.

  • Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari qaysilar? 1) huquqni tan olish orqali huquqni himoya qilishning mohiyati nima?

  • huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish orqali huquqni himoya qilishni tushuntiring.

  • bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash huquqni himoya qilish usuli hisoblanadi. Muhokama qiling.

  • shaxsning o‘z huquqlarini o‘zi himoya qilishi qanday amalga oshiriladi? Ushbu himoya usuliga misollar keltiring.

  • burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish nimani anglatadi?

  • Fuqarolik huquqida zarar nima? Zararning qanday turlari mavjud va ularni bir-biridan farqi nimada?

  • Neustoykani undirish va manaviy zararni qoplash huquqni himoya qilish usuli sifatida muhokama qiling. Neustoyka deganda nimani tushunasiz. Neustoykaning qanday shakllari mavjud?

  • Fuqarolik kodeksining 11-moddasida nazarda tutilmagan yana qanday himoya usullarini bilasiz?

  • Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish tushunchasi va talablari nimalardan iborat?




  1. Yüklə 23,45 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin