Dars boshlanishi bilan 15 minut mavzuga kirishib olish uchun test savollari ko`rib chiqiladi.
Test savollaridan so`ng, guruhlarga bo`lingan talabalar bilan mavzuni deyarli qamrab oluvchi quyidagi masalalar muhokama qilinadi.
2-seminar mashg`uloti davomida muhokama qilinadigan masalalar:
Fuqarolik qonun hujjatlarining vaqt bo`yicha ta’sirini tushuntiring/ Yangi qonunning u kuchga kirguniga qadar yuzaga kelgan munosabatlarga tatbiq etilishining ikki: to‘liq va qisman variantlari (turlari) misollar bilan muhokama qiling
Oliy Sud Plenum qarorlari fuqarolik huquqining majburiy manbasi hisoblanadimi? Muhokama qiling.
Fuqarolik-huquqiy normalarni sharhlashning qanday turlari bor? Ular haqida tushuncha bering?
Qonun o`xshashligi va huquq o`xshashligini farqlab bering/ ularni qo`llash uchun mavjud talablar qanday?
Halollik, oqillik va adolat tamoyillari deganda nimani tushunasiz? Misollar bilan tushuntiring.
Ish muomalasi odatlari, mahalliy urf-odatlariga fuqarolik huquqining manbasi sifatida qanday talablar qo`yilgan?
Fuqarolik huquq va burchlarining vujudga kelish asoslarini sanang. Yuridik fakt nima?
Hodisalar yuridik fakt bo`la oladimi? Misollar bilan tushuntiring.
Huquq yo`l qo`yadigan va huquq yo`l qo`ymaydigan harakatlarning yuridik fakt bo`lishini muhokama qiling.
qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlardan, shuningdek garchi qonunda nazarda tutilmagan bo‘lsa-da, unga zid bo‘lmagan shartnoma va boshqa bitimlardan huquq va majburiyatlarning vujudga kelishini tahlil qiling. Shartnoma va bitimning bir-biridan qanday farqlari mavjud?
Asossiz boyib ketish natijasida huquq va burchlar paydo bo`lishini izohlang. Asossiz boyib ketish fuqarolik huquqida nimani anglatadi?
FKning 8-moddasi 1-qismi 8-bandidagi fuqarolar va yuridik shaxslarning boshqa harakatlari natijasida yuridik faktlar vujudga kelishiga misollar ayting.
Fuqarolik huquqlarini himoya qilish usullari qaysilar? 1) huquqni tan olish orqali huquqni himoya qilishning mohiyati nima?
huquq buzilishidan oldingi holatni tiklash va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish orqali huquqni himoya qilishni tushuntiring.
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash huquqni himoya qilish usuli hisoblanadi. Muhokama qiling.
shaxsning o‘z huquqlarini o‘zi himoya qilishi qanday amalga oshiriladi? Ushbu himoya usuliga misollar keltiring.
burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish nimani anglatadi?
Fuqarolik huquqida zarar nima? Zararning qanday turlari mavjud va ularni bir-biridan farqi nimada?
Neustoykani undirish va manaviy zararni qoplash huquqni himoya qilish usuli sifatida muhokama qiling. Neustoyka deganda nimani tushunasiz. Neustoykaning qanday shakllari mavjud?
Fuqarolik kodeksining 11-moddasida nazarda tutilmagan yana qanday himoya usullarini bilasiz?
Fuqarolik huquqlarini amalga oshirish tushunchasi va talablari nimalardan iborat?