Shartnoma yuridik fakt bo`lishi uchun qanday talablarga javob berishi lozim?
Dars so`ngida tayyorlangan video-kazusni birgalikda muhokama qilish.
Seminarga tayyorlanish uchun tavsiya qilinadigan adabiyotlar: Fuqarolik kodeksi (3-15-moddalar)
Fuqarolik huquqi: Darslik. I qism. I.B.Zokirov; Mas’ul muharrir: H.Rahmonqulov: Qayta ishlangan va to‘ldirilgan beshinchi nashr. –T.: TDYUI nashriyoti, 2009. (90-137-betlar)
Mualliflar jamoasi. Fuqarolik huquqi. 1-qism. Darslik. T.: TDYUU, 2017. (33-60-betlar)
Fuqarolik kodeksiga sharh 1-qism ( 3-15-moddalar sharhi)
Izoh: 1. Talabalar guruhga bo`linganda “Sokratik” usul asosida bo`linadi. Bunda savollar muhokama qilingan vaqtda bir guruhdagi qaysidir talaba javob berish uchun so`raladi. Talaba javob berayotgan vaqtda guruhning qolgan a’zolari yordam bera olmaydilar. Unda guruh nega kerak degan savol tug`iladigan bo`lsa, guruh seminar mashg`ulotlarga tayyorlanish uchun oldindan berilgan masalalar haqida o`zaro fikr almashish uchun zarur bo`ladi. Fikr almashish uchun esa 5 minutlik vaqt beriladi. Shunday ekan guruhdagi har bir individ savollarga hamda kazuslarga doim tayyor bo`lib borishlari zarur.
Baholash/assessment:
Oraliq (40 ball): oraliq bahoning yarmi dars mashg`ulotlarida qatnashish inobatga olinib qo`yiladi. Qolgan 20 bali esa oraliq baholash muddati kelgan vaqtda kafedra bilan kelishgan holda yo og`zaki, yoki yozma kazus muhokamasi bilan baholanadi.
Yakuniy (60 ball): yakuniy nazoratda talabaga bir dona kazus muhokama qilish uchun beriladi. Kazusda o`zining 5 tagacha savollari bo`ladi. Har bir savol ma’lum miqdorda ball beradi hamda jami 60 ballni tashkil etadi.