Dars boshlanishi bilan 15 minut mavzuga kirishib olish uchun test savollari ko`rib chiqiladi



Yüklə 23,45 Kb.
səhifə3/4
tarix19.09.2022
ölçüsü23,45 Kb.
#63808
1   2   3   4
2-seminar uchun agenda

1. Fuqarolik huquqi manbalarini tahlil qilgan holda, ushbu holatdagi ijtimoiy munosabatni tartibga solishda fuqarolik huquqi negizlarini qo`llash borasida fikringizni bildiring.
2. Fuqarolik huquining birlamchi manbalaridan asos sifatida foydalangan holda yuqoridagi holatda fuqarolik huquqining qanday munosabatlari vujudga kelganligini tahlil qiling.

2. Tolipov reklamada “Mega planet” savdo markazida chegirmalar e’lon qilinganligini o‘qib qoladi. Oradan bir kun o‘tgach Tolipov o‘zining yaqin do‘sti Nosirovga “Mega planetda” chegirma e’lon qilinayotganini va u o‘ziga “Sumsung” rusumli televizorni sotib olmoqchiligini bildiradi. Shu kuni 2 ta do‘st “Mega planet” ga televizor sotib olish uchun borishadi. Do‘kon egasi televizorni sotib olgandan keyin, ularda chegirma bo‘lganligi sababli, yetkazib berish xizmati yo‘qligini aytadi. Tolipov do‘stidan sotib olgan televizorini uyiga yetkazib berishini iltimos qildi va do‘sti bunga rozi bo‘ldi. Ob-havoning yomonligi sababli, Nosirov yo‘lda mashinasini yo‘l yuzidagi ustinga urib oladi, shu paytda televizorning ekran qismiga darz ketadi. Bundan jahli chiqqan Tolipov, do‘stidan yangi televizor sotib olib berishini so‘raydi. Do‘sti bundan norozi bo‘ladi va o‘zi bunday ishlar qilmasligini, do‘sti Tolipov iltimos qilganligi uchun unga do‘stona yordam qilganligini bildiradi. Nosirov Tolipovga ular o‘rtasida hech qanday kelishuv yoki shartnoma bo‘lmagani, televizor yetkazib bergani uchun hech qanday to‘lov qilinmaganligini, shuning uchun ular o‘rtasida hech qanday majburiyat yo‘qligini bildiradi. Bundan tashqari, u hodisa natijasida nafaqat televizor balki Nosirovning o‘zi, Nosirovning mashinasi ham zarar ko‘rgani va haligacha mashinani ta’mirlashga ko‘p pul ketishini iddao qildi.


1. Bunday hollarda fuqarolik-huquqiy majburiyatlar paydo bo‘ladimi? 

  1. Sizningcha taraflar o`rtasidagi kelishuv Fuqarolik huquq va burchlarini vujudga keltirish uchun yetarli bo`lganmi? Muammoli kazusda yuridik faktni vujudga keltiruvchi asos(lar) mavjudmi?


  2. Yüklə 23,45 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin