Biosfera (grekcha bios – ҳayot, sphaira – shar, sfera) tushunchasi avstriyalik geolog E.Zyus (1875) tomonidan қo’llanilgan. Biosfera tushunchasining to’liқ va chuқur talқini esa akademik V.I. Vernadskiyning “Biosfera” (1926) nomli asarida bayon etilgan. Biosfera barcha organizmlar va ularning қoldiқlari majmuasidan iborat bo’lgan, atmosfera, gidrosfera va litosferaning қismlari ҳisoblangan, tirik organizmlar tomonidan egallangan ҳamda ularning o’tmishdagi faoliyatlari natijasida shakllangan va termodinamik ochiқ ҳudud sanalgan Er planetasining maxsus қatlamidir (Kamshilov, 1980). Biosfera tushunchasi barcha tirik organizmlar bilan bir қatorda ular yashaydigan muҳit sharoitlarini ҳam o’z tarkibiga oladi. Ҳozirgi vaқtda biosferaning tarkibiy қismlari sanalgan litosferaning yuқori va atmosferaning pastki қatlamlari ҳamda butun gidrosfera tirik organizmlar tomonidan egallangan. Litosferada tirik organizmlar 4 km. gacha (bakteriyalar) bo’lgan chuқurlikgacha tarқalgan bo’lsa, atmosferada bakteriyalar, spora va stistalar ozon ekranigacha, ya’ni 18-30 km gacha bo’lgan balandlikda uchrashi қayd etilgan. Aloҳida pigmentlashgan bakteriya ҳujayralarining er yuzasidan 84 km gacha balandlikka ko’tarila olishi kosmik apparatlardagi tadқiқotlar natijasida aniқlangan. Okeanda esa ҳayot uning eng chuқur қismlarigacha (11 km) etib borganligi ҳaқida ma’lumotlar uchraydi. Tiriklikning, shu jumladan ҳayvonot dunyosining asosiy biomassasi biosferaning tor chegarasida jamlangan. Bu chegara litosfera, atmosfera va gidrosferaning, ya’ni biosfera қismlarining tutashgan joylariga to’ғri keladi. Mazkur chegarada ҳayot uchun zarur bo’lgan muҳit omillari nisbatan optimal bo’ladi. Bunday omillarga tuproқ va ҳavo namligini, yoruғlik va ultrabinafsha nurlarini, ҳarorat, bosim, substrat va boshқalarni kiritish mumkin. Mazkur omillarning o’zi ҳam er yuzasining turli ҳududlarida turlicha bo’ladi va shunga mos ravishda ҳayvonot dunyosi ҳar bir ҳar xil sifat ҳamda miқdor ko’rsatkichlarga ega bo’ladi. Ҳozirgi ҳisob-kitoblarga қaraganda, tirik moddaning umumiy biomassasi Er massasining arzimas қismini, ya’ni 2420 mlrd. tonnani tashkil etar ekan. Solishtirib қaraganda, bu miқdor gidrosfera massasining 602500 dan bir қismini tashkil etadi. Bir қarashda bu ko’rsatkich juda kichik ko’rinsada, biosferaning mavjudligi va uning o’z-o’zini boshқarishini ta’minlash uchun etarlidir. Biosferadagi organizmlar oziқlanish usuliga ko’ra o’zaro farқlanuvchi produstent, konsument va redustentlardan tashkil topadi. Ҳayvonot dunyosi konsumentlarning asosini tashkil etadi. Konsumentlarning aҳamiyatini ularning ekosistemalarda va umuman biosferada modda va energiyaning biogen aylanishida tutgan salmoқli o’rni bilan tushuntirish mumkin. Moddalarning biogen migrastiyasi esa ҳar қanday ekosistemaning mavjudligi va barқarorligini ta’minlaydi. Ma’lumki, o’simliklar dunyosi ҳayvonlar ҳayotida turli-tuman aҳamiyat kasb etadi. Ҳar қanday ekologik jamoadagi ҳayvonlarning tur tarkibi, zichligi va biomassasi ushbu jamoadagi o’simliklar қoplamining turli-tumanligi va biomassasi bilan boғliқ. Shu nuқtai-nazardan қaraganda, o’simliklar қoplami ҳayvonot dunyosining biosferada tarқalishi va mavjudligini belgilovchi muҳim omildir. Shu bilan bir қatorda, ҳar қanday jamoadagi ҳayvonlarning tur tarkibini belgilashda rel’ef va tuproқ tarkibi kabi omillar va boshқa xususiyatlar ҳam muҳim o’rin egallaydi. Yuқorida қayd etilgan omillar ҳayvonot dunyosining u yoki bu biogeostenozda nafaқat mavjudligi, balki tarқalishini ҳam belgilaydi. Er yuzining қuruқlik mintaқalaridagi organik dunyo suv muҳitlariga қaraganda tur soni bo’yicha ancha ustun turadi. Agar қuruқlikda butun ҳayvonot dunyosining 93 % uchrasa, suv muҳitida atigi 3% uchraydi. O’simliklar olamida ҳam turlarning 92% қuruқlikda, 8% suv muҳitida uchrashi қayd etiladi. Bunday muvofiқlik o’simlik va ҳayvonot dunyosining tarқalishi o’zaro o’xshash қonuniyatlar asosida kechishini ko’rsatadi. Yuқorida keltirilgan nisbatlar, suv muҳitiga қaraganda қuruқlikda tur ҳosil bo’lish jarayonlari samarali kechganligini, қuruқlikning yashash uchun ancha қulayligini ҳam isbotlaydi. Biosferada ҳayvonot dunyosining biomassasi va uning taқsimlanishi to’ғrisida tasavvur ҳosil қilish uchun қuyidagi jadvalni taҳlil қilish maқsadga muvofiқ (1-jadval).