III. Yangi mavzuni tushuntirish O’quvchilar diqqati doskaga jalb etiladi. Yangi mavzu e’lon qilinadi. Shaxs va narsaning nomini bildirgan so’zlar
Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so’zlar nima qildi?, nima qilyapti? Yoki nima qiladi? so’roqlariga javob bo’ladi.
115 – mashq. So’zlarga so’roq bering. Ular nimani bildiryapti? Kim nima qiladi? Savoliga javob yozing. Harakatni bildirgan so’zning tagiga ikki tog’ri chiziq chizing. O’qituvchi o’qitadi. O’quvchi o’qiydi. Shifokor davolaydi. Qizcha o’ynaydi.
1 16-mashq. Bolalarning har biri nima qilayotganini bir so’z bilan ayting. Shu so’zlarga so’roq bering. Farhod arralayapti. Nodira yozyapti. Bahora chizyapti. Sarvar o’qiyapti.
Mustaqil ish beriladi. O’quvchilarning so’zlarni yozishda qo’l harakatlari kuzatib turiladi. Dam olish daqiqasi Gullar mavzusida o’quvchilar bilan suhbat o’tkazish
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash Test sinovi 1. Narsa nomini bildirgan so’zni toping: a) nordon b)dumaloq d)lola 2. Hilola ro’molchasini……… . Nuqtalar o’rniga mos so’zni qo’ying: a)tozaladi b)yuvintirdi d)yuvdi 3. Nega bugun maktabga kelmading Bu gapning oxiriga qanday belgi qo’yiladi? a) undov b) so’roq d) nuqta 4. Topishmoqni javobini toping: Oq sandig’im ochildi, Olamga nur sochildi. a) paxta b)quyosh d)oy Savol va topshiriqlar - Qaysi fasl boshlandi? - Bahorda qanday o’zgarishlarni ko’ryapsiz? - Bahorgi dala ishlari haqida so’zlang. - Bahorda qanday bayramlar nishonlanadi? - Gaplardagi kim? So’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarni ayting. V. O’quvchilar darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiriladi. O’quvchilar baholanadi. VI.Uyga vazifa. 117 – mashq. O’qing. Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? So’roqlariga javob bo’lgan so’zlarni topib yozing. Qochdi, qo’ndi, ishlaydi, chiqyapti, kelyapti, oladi, qoladi, chiqdi.