Dars ishlanmasi (konspekt)



Yüklə 164 Kb.
səhifə2/3
tarix13.05.2023
ölçüsü164 Kb.
#112813
1   2   3
1 sinf x tovush va x x harflari

Darsning borishi:
1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi
O’tilgan mavzu yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi:

  • O’tgan darsimizda qaysi tovushni o’rgangan edingiz?

  • Viloyat so’zi necha bo’g’inli?

  • V tovushini cho’zib aytib bo’ladimi?

  • Vodiy, tovus so’zlarini bo’g’inlarga ajratib yozib bering

  • Vatan she’rini yoddan aytib bering

Takrorlash orqali o’quvchilar bilimini mustahkamlash.
Harflar lentasidagi harflar bir boshdan o’qib takrorlanadi.
3. Yangi mavzuni tushuntirish
O ’quvchilar diqqati doskaga jalb qilinadi.
Yangi mavzu e’lon qilinadi.
Xo’roz rasmi ko’rsatilib ularning nomi
o’quvchilardan so’raladi.

  • Rasmda nima tasvirlangan?

  • Xo’roz qaysi turkumga kiradi?

  • Parrandalardan yana qaysilarini bilasiz?

  • Xo’rozni nima uchun “budilnik” deyishadi?

Savol-javobdan keyin ushbu so’zlar talaffuzidagi x tovushi haqida aytiladi.
X tovushining hosil bo’lish o’rni va undosh tovush ekanligi aytiladi. O’rganilgan x tovushining talaffuzi, bu tovushning yozuvdagi ifodasi o’quvchilarga yozib ko’rsatiladi. X harfi bilan boshlanadigan so’zlardan aytiladi. x tovushi talaffuz qildiriladi.

Berilgan so’zlar bo’g’inlarga bo’lib o’qiladi:


Rasmlarga qarab ularning nomi katakchalarga yoziladi:
Xur –mo, xanjar
Matn ifodali o’qib beriladi. Ma’nosi tushuntirib beriladi:
YAXSHI BOLA
Yaxshi bola o’qishni va mehnatni sevadi. Yomonlar suhbatidan qochadi. Yaxshilar suhbatiga intiladi. Ozoda va orasta yuradi. Salom va odobni kanda qilmaydi. Vaqtni qadrlaydi. Hammaga yaxshilikni xohlaydi.


O’quvchilar ham matnni o’qiydilar.
- Yaxshi bola qanday bo’lishi kerak?
- Siz yaxshi bola bo’lishga harakat qilasizmi?
- Vaqtni qadrlash deganda nimani tushunasiz?



Yüklə 164 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin