Dars sanasi: Sinf: 1-“____” Fan nomi: Alifbo Dars mavzusi: X tovush va X x harflari.
Dars maqsadi: a)ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, X tovushi va X x harflari haqida bilim va ko’nikma hosil qilish tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarning vatanga bo’lgan muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning o’qishga va yozishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish
Dars turi: aralash Dars uslubi: kichik guruhlarda ishlash, yakka holda ishlash Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, harf xaltasi, kesma harflar, „Alifbe“ varag’iga moslab ishlangan ko’rgazmali qurol Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Shundan bilursankim ilm bepoyon. Dars jarayoni va texnologik xaritasi
O’quvchilarning maktabga moslashuvini aniqlash O’tilgan mavzuni mustahkamlash X tovushi va X x harflari haqida tushuncha berish “Yaxshi bola” matnini o’qish