Dars mavzusi: Santimetr
Dars maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mavzuni to’liq yetkazish, o’tilgan mavzularni mustahkamlash
tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va matematik o`yinlar orqali milliy istiqlol g`oyalarini singdirish.
rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning matematikani o’rganishga, bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish
Dars turi: mustahkamlash
Dars uslubi: aqliy hujum, interfaol
Darsda foydalaniladigan jihozlar: rasmlar, ko’rgazma, buklet
Ishning nomi
|
Bajariladigan ishning mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich
Tashkiliy qism
|
Darsni tashkil etish. O’quvchilarning davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
Suhbat
|
2 minut
|
2-bosqich Ehtiyojlarni aniqlash
|
O’quvchilarning ehtiyojlarini aniqlab, mavzuga oid tushunchalar beriladi. Mavzuga oid misol va masalalar tushuntiriladi
|
Savol-javob
|
3 minut
|
3-bosqich Yangi mavzu bayoni
|
Matematikaga oid savol-javob o’tkazish.
Santimetrga doir misol va masalalar yechish
Rasmlar asosida narlarning sanog’ini va ular ustida ayirish, qo’shish amallari, taqqoslashni bajarish
|
Tushuntirish, izlanish
musobaqa
|
30 minut
|
4-bosqich Mustahkamlash
|
O’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishlarini aniqlash.
Dam olish daqiqasi
|
Muammoli izlanish
|
7 minut
|
5-bosqich rag’batlantirish
|
O’quvchilarning darsga ishtiroki hisobga olinib rag’batlantiriladi
|
|
2 minut
|
Uyga vazifa
|
5-misol
|
izlanish
|
1 minut
|
Darsning borishi:
1-2 bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi
O’tilgan mavzular yuzasidan aqliy hujum savollari beriladi.
Ko’pburchak nima?
Ko’pburchak qanday hosil bo’ladi?
Kesmalarni nima yordamida o’lchaymiz?
O’tilgan mavzu tushuntiriladi va eslatiladi.
-9 sonidan 5 ni ayirsak, natijaga yana 1 qo’shsak necha hosil qilish mumkin?
- 6 soniga 5 ni qo’shsak necha soni hosil bo’ladi?
- 8 sonidan 7 ni ayirsak, necha hosil bo’ladi?
III. Yangi mavzuni tushuntirish
Darslikdagi rasmlar va ko’rgazmalar orqali o’quvchilarga mavzu tushuntiriladi.
1-misol.
Santimetr yordamida kesmalarni o’lchang.
2 – misol. Tasmalarni o’lchang:
1) 3 sm 2) 4 sm
3) 2 sm 4) 5 sm
3 –misol. Berilgan kesmani 4 smga uzaytiring:
6 + 4 = 10 sm
4– misol. Taqqoslang:
6 – 4 > 3 2 + 8 > 9 4 + 5 > 8
4 + 1 = 5 7 + 2 > 8 4 + 1 > 3
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
- Bugun darsda nimalarni o’rgandik?
- Ko’pburchak nima?
- Kesmalarni qanday o’lchaymiz?
V. O’quvchilarni darsga ishtirokiga qarab rag’batlantiraman.
Dostları ilə paylaş: |