5-amaliy mashg’ulot bir XIL aniqlikdagi o’lchash vositalarini solishtirish tahlili ishning maqsadi



Yüklə 142,84 Kb.
səhifə1/5
tarix12.12.2022
ölçüsü142,84 Kb.
#74173
  1   2   3   4   5
5-amaliyot


5-AMALIY MASHG’ULOT
BIR XIL ANIQLIKDAGI O’LCHASH VOSITALARINI SOLISHTIRISH TAHLILI
Ishning maqsadi: bir martalik o'lchov natijalarini taqqoslashni o’rganib tahlil qilish.
Kalit so'zlar: o'lchov vositalarining aniqligi, mutlaq asosiy xato chegarasi, ruxsat etilgan asosiy xatolar.
Mazkur uslubiy ko'rsatmalar aniqlikni bir xil darajasidagi bir turdagi o'lchashlarni tekshirish vositalari guruhlarini solishtirishlarga (keyinchalik – solishtirishlar) qo'llaniladi va bu solishtirishlarni o'tkazishni asosiy qoidalarini o'rnatadi.

Umumiy qoidalar
Solishtirishlar ekspluatasiya jarayonida tekshirish vositalarini nazorat qilish usullaridan biri hisoblanadi. Solishtirishlar shuningdek talab qilinadigan aniqlik bilan tekshirishni ta'minlovchi etalonlar yoki o'lchashlarni namunaviy vositalari yaratilmagan holda o'lchash vositalari xatoliklari xarakteristikalarini baholash maqsadida ham qo'llanilishi mumkin.
Solishtirishlarni davlat va idora metrologiya xizmatlarining korxonalari (tashkilotlari) (keyinchalik – tashkilotchi-korxonalar) o'zlarining ixtisosliklariga ko'ra o'tkazadilar.
Metrologiya institutlari standartlashtirish va metrologiya markazlarining (keyinchalik – SMM) tekshirish vositalarini solishtirishlarni tashkil qiladilar va ularda qatnashadilar.
SMM lar hududdagi korxonalarning tekshirish vositalarini solishtirishlarni tashkil qiladilar va ularda qatnashadilar.
Vazirliklarning (idoralarning) metrologiya xizmatlari vazirlik (idora) korxonalarining tekshirish vositalarini solishtirishlarni tashkil qiladilar va ularda qatnashadilar.
Agar o'lchash vositalarini tashish zaruriyati tug'ilsa, u holda tashkilotchi-korxona solishtiriladigan o'lchash vositasini solishtirishlarda qatnashadigan korxonaga (keyinchalik – qatnashuvchi-korxona) yuboradi.
Tashish mumkin bo'lmagan stasionar tekshirish vositalarini solishtirganda tashkilotchi-korxona qatnashuvchi-korxonalarga solishtirish uchun o'lchamni yuboradi.
Ko'p taraflama solishtirishlarda tashkilotchi-korxona qatnashuvchi-korxonalarning biriga tekshirish vositasi bilan solishtirish maqsadida solishtiriladigan o'lchovlar vositasini yoki solishtirish uchun o'lchamni (keyinchalik – o'lcham) yuboradi, keyinchalik o'lchovlar vositasi yoki o'lcham keyingi qatnashuvchi-korxonaga o'tadi. Shu tarzda barcha qatnashuvchi-korxonalar ketma-ket solishtirishlarni o'tkazadilar. Solishtirishlarning barchasi o'tkazilgandan so'ng o'lchovlar vositasi tashkilotchi-korxonaga qaytariladi.
Radial solishtirishlarda tashkilotchi-korxonaning solishtiriladigan o'lchovlar vositasi yoki o'lchami har bir navbatdagi qatnashuvchi-korxonaning tekshirish vositasi bilan solishtirilgandan so'ng solishtiriladigan o'lchovlar vositasining metrologik xarakteristikalarini aniqlash uchun tashkilotchi-korxonaga qaytariladi.
Kombinasiyali solishtirishlar solishtirishlarning ko'p taraflama va radial turlarini kombinasiyasini nazarda tutadi.
Qaysi solishtirish turini tanlash tashkilotchi-korxonaning solishtiriladigan o'lchovlar vositasining yoki o'lchamining barqarorligiga bog'liq bo'ladi.
Agar ko'zda tutilgan o'lchov vositalari bilan solishtirishlarni o'tkazish uchun zarur vaqt mobaynida solishtiriladigan vositaning yoki o'lchamning barqaror emasligi katta bo'lmasa (bu o'lchov vositasining xatosidan 30% dan oshmasa), unda ko'ptaraflama solishtirishlar o'tkaziladi.
Agar solishtirishlarni o'tkazish vaqti mobaynida solishtiriladigan o'lchov vositaning yoki o'lchamning barqaror emasligi
katta bo'lsa (bu o'lchov vositasining xatosidan 30% dan oshsa), unda radial
yoki kombinasiyali solishtirishlar o'tkaziladi.
Tashkilotchi-korxona solishtirishlarni o'tkazish dasturini ishlab chiqadi va uni qatnashuvchi-korxonalar bilan kelishilgandan so'ng tasdiqlaydi.
Solishtirishlarni o'tkazish dasturida quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak:
- o'lchanadigan kattalik;
- solishtirishlarning turi;
- tashkilotchi-korxona va qatnashuvchi-korxonalar solishtiriladigan o'lchov vositalarining asosiy metrologik xarakteristikalari;
- qatnashuvchi-korxonaga solishtiriladigan o'lchov vositalarini etkazish yo'li va tartibining tavsifi, o'lchov vositalarini tashish va saqlash sharoitlari, solishtirishlarni kalendar jadvali;
- solishtirishlar jarayonida o'lchovlarni amalga oshirishda harakatlar ketma-ketligi, hamda o'lchovlarni o'tkazishni to'g'riligini ta'minlovchi boshqa ma'lumotlar;
- solishtirishda o'lchov natijalarini baholash va shakllantirish usuli.
Tekshirish vositalari guruhlarini solishtirishlarni o'tkazish bu vositalarni keyingi tekshirilishlaridan voz kechilishiga asos bo'la olmaydi.

Yüklə 142,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin