Solishtirishlarga qo'yiladigan talablar: Solishtiriladigan o'lchov vositalari aniqlikning bir xil darajasida bo'lishi lozim. Masalan, 1-darajadagi namunaviy o'lchov vositalarining guruhi yoki 3-darajadagi namunaviy o'lchov vositalarining guruhi va hokazo solishtiriladi.
Solishtirishlarning ikki usuli farqlanadi:
yuqori aniqlikdagi (darajadagi) o'lcham yordamida tekshirish vositalarini solishtirish;
metrologik xarakteristikalari solishtiriladigan vositalar bilan bir darajada bo'lgan o'lcham yordamida tekshirish vositalarini solishtirish.
Tekshirish vositalarini metrologik xarakteristikalarini nazorat qilishda solishtirishlarning ikkala usulidan foydalaniladi.
Yangi ishlab chiqilgan o'lchov vositalarining metrologik xarakteristikalarini aniqlashda va birlik kattaligini uzatish tizimini yuqori bo'g'ini bo'lmaganda solishtirishlarning ikkinchi usuli qo'llaniladi.
Solishtirish natijasida olingan tajriba ma'lumotlari va ularni qayta ishlash natijalari solishtirishlar protokoli ko'rinishida tashkilotchi-korxonaga yuboriladi (1-ilovaga qarang).
Solishtirishlarning tashkilotchi-korxonasi solishtirishlardan olingan natijalarni tahlil qiladi.
Tekshirish vositalarini metrologik xarakteristikalarini nazorat qilishda quyidagilar aniqlanadi:
har bir solishtiriladigan tekshirish vositasi xatosining tasodifiy tashkil qiluvchisi xarakteristikasiS2;
har bir solishtiriladigan tekshirish vositasi xatosining tizimli tashkil qiluvchisi ;
Har bir tekshirish vositasining hisoblangan metrologik xarakteristikalari (S2, ) bu tekshirish vositalariga qo'yilgan texnik talablarga yoki tekshiruv sxemasining talablariga mos ravishda ularning qo'yimli qiymatlari (np2, np) bilan solishtiriladi.
Agar hisoblangan metrologik xarakteristikalar (S2, ) qo'yimli qiymatlardan oshmasa
S2<np2, (1)
<np, (2)
u holda tekshirish vositalari o'zlarining metrologik statusiga mos keladi.
Agar (1 va 2) tengsizliklar bajarilmasa, mos ravishda katta tasodifiy yoki tizimli xatoliklar borligini bildiradi. Bu holda tekshirish vositalarini bu xatoliklarni kamaytirish maqsadida chuqur tekshirish kerak bo'ladi (tizimli xatolik bo'lganda tekshiruv vositasiga to'g'rilashlar kiritish imkoniyatini ko'rib chiqish kerak bo'ladi). Xatoliklarni kamaytirish mumkin bo'lmagan holda tekshiruv vositasi yaroqsiz deb hisoblanadi, ta'mirlashga jo'natiladi yoki uning metrologik statusi pasaytiriladi.
Birlik kattalikni uzatish tizimini yuqori bo'g'ini bo'lmaganda o'lchov vositalarini metrologik xarakteristikalarini aniqlash bu o'lchov vositalarini solishtirishlarning ikkinchi usuli bilan amalga oshiriladi .
Bu holda solishtiriladigan o'lchov vositalarining soni ikkitadan ko'p bo'lishi lozim, L>2.
Solishtirishda tajriba ma'lumotlari va ularni qayta ishlash natijalari solishtirishlar protokoliga kiritiladi (1-ilova). Qatnashuvchi-korxonalarni tekshiruv vositalari uchun solishtirishlar protokolida quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi lozim:
o'lchovlar diapazoni;
o'lchovlarni o'tkazish uchun zarur yordamchi qurilmalar, ularni ishlatish xususiyatlari (ulashlar, o'lchamlari, termostatlash, o'lchashlarni kutiladigan davomiyligi va hokazo);
metrologik xarakteristikalar.
Juft solishtirishda o'lchovlar sonini quyidagilarga bog'liq ravishda tanlab olish lozim:
o'lchov natijasining berilgan aniqligiga ko'ra;
sharti bo'yicha solishtiriladigan o'lchov vositalarining tasodifiy va chiqarilmagan tizimli xatolari orasidagi nisbatga ko'ra.
Izoh. Solishtiriladigan o'lchov vositalarida chiqarilmagan tizimli xatoliklar bo'lganda juft solishtirishda o'lchashlar soni (n) quyidagidan ortmasligi tavsiya qilinadi buyerda – solishtiriladigan o'lchov vositalarining yig'ilma o'rtacha kvadratik chetlanishi (keyinchalik – O'KCH); - solishtiriladigan o'lchov vositalarining chiqarilmagan tizimli xatosi yig'indisining chegarasi;S1, S2– solishtiriladigan o'lchov vositalarining O'KCH.