Linza nima va uni qanday tushunamiz?
Linzadan yorug‘likning qaytishidan va sinishidan nurlarning yo‘nalishini o‘zgartirish uchun yoki yorug‘lik dastalarini boshqarish uchun foydalaniladi. Masalan: mikroskop, fotoapparat va boshqa shu kabi maxsus optik asboblarning yaratilishida ushbu qoidaga asoslangan. Bu asboblarning asosiy qismini linza tashkil etadi. Masalan, ko‘zoynakning oynasi gardishga olingan linzadir. Ko‘zoynakdan insonlar kichik narsalarni katta qilib, uzoqni yaqin qilib ko‘rishda foydalaniladilar. Inson hayotida linzalarning qo‘llanilishi muhim ahamiyatga ega. Demak linzalar shaffof jismlardan yasaladi. Shaffof jism deb nimaga aytiladi? Yorug‘likni yaxshi o‘tkazadigan moddalardan yasalgan jismlarga shaffof jism deyiladi. Ikki yoki bir tomoni sferik sirt bilan chegaralangan shaffof jismga linza deyiladi. Uni har qanday shaffof materialdan, hatto muzdan ham yasash mumkin.
Linzalarda tasvir yasash uchun optik o‘qqa parallel nurlar yuboriladi. Linzaning bosh optik o‘qi deb sferik sirtlarning O1 va O2 markazlaridan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziqqa aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |