Linzaning fokus masofasi deb nimaga aytiladi?
L inzadan o‘tgan nurlar bir nuqtada yig‘iladi. Bu nuqta linzning fokus masofasi deyiladi. Fokus nuqtani F harfi bilan belgilanadi. Linzaning markazi O nuqtadan F nuqtgacha bo‘lgan masofa linzaning fokus masofasi deyiladi. Botiq linzada tasvir hosil bo‘lmaydi. Botiq linzada mavhum fokus mavjud. Sochilgan nurlarni go‘yoki F nuqtadan chiqib kelayotgandek tasavvur qilish mumkin.
5. Linzada tasvir qanday hosil bo‘ladi?
Buyumdan linzaga qarab ikkita nur birinchisi optik o‘qqa parallel, ikkinchisi linzaning markaziga yo‘naltiriladi. Nur linza fokusidan o‘tsa, ikkinchisi linza markazidan sinmasdan o‘tadi va A nuqtada uchrashadi va tasvir hosil bo‘ladi. Linzaning optik kuchi, buyum va linza orasidagi masofaga bog‘liq ravishda tasvir turlicha bo‘ladi.
Kompyuterda “Kalorama” tomonidan ishlab chiqilgan animatsion ko‘rgazmali tajribada yig‘uvchi linzalarda buyumlarning tasvirlarini hosil qilish namoyish qilinadi.
O‘quvchilar kompyuterda tasvirni hosil qilinganini ko‘rgandan so‘ng uning chizmasi slayd orqali tushuntiriladi.
Qavariq linzada tasvir quyidagicha hosil bo‘ladi. AB buyum F va 2F oralig‘iga qo‘yilgan bo‘lsa, hosil qilingan tasvir haqiqiy, to‘nkarilgan va kattalashgan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |