7-Laboratoriya ishi.
Mavzu: «Linzaning fokus masofasi
va optik kuchini o‘lchash».
Ishning maqsadi:
Linzaning fokus masofasi va optik
kuchini аniqalashni o‘rganish.
Kerakli jihozlar:
Nuqtaviy yorug‘lik manbai, yig‘uvchi (ikki tomonlama)
qavariq linza, ekran, chizg‘ich.
Texnika xavfsizligi:
Jihozlarni ish stoliga shunday joylashtiringki, ular o‘z joyidan
siljib yoki tushib ketmasin. Buning uchun metal plastina va magnit taglik ko‘rinishidagi
maxsus ish maydonidan foydalaning. Linza va ekran shishadan tayyorlangan, shisha
esa mo‘rt materialdir. Ularni ishlatish vaqtida ehtiyot bo‘ling. Agar linza yoki ekranda
yoriq yoki singan joylarni ko‘rgan bo‘lsangiz, bu haqida o‘qituvchingizga xabar bering.
Video va boshqa
materiallar
Ishni bajarish tartibi:
1. Linzani ko‘zgu va ekran orasiga ekranda
biror buyumning aniq tasvirini olish mumkin
bo‘ladigan darajada joylashtiring.
2. Linzadan olingan tasvirgacha bo‘lgan
masofani o‘lchang. Linzaning fokus masofasi
deb linzaning optik markazi orqali o‘tadigan
yorug‘lik nurlarining kesishgan nuqtasiga
qadar bo‘lgan masofaga (fokusiga) aytiladi.
Bu masofa (taxminan) linzaning
F
fokus
masofasidir. Olingan natijani santimetr va
metrlarda ifodalang.
3.
Linzaning
D
optik kuchini hisoblang. Linzaning optik kuchi uning fokus masofasiga teskari
proporsional va quyidagi formula bilan aniqlanadi:
4.
1
D = ---
F
. dioptriyalarda [dptr] o‘lchanadi.
Hisoblash namunasi:
1. Linzaning fokus masofasi:
F = 15 sm = 0,15 m.
2. Linzaning optik kuchi:
1
D = --- = 10,67 = 6,7 dptr.
F
Xulosa:
Ishni bajarish davomida biz linzaning fokus masofasi va optik kuchini aniqlashni o‘rgandik.
1-rasm.
9-sinf 7-Laboratoriya ishi.
Nazorat savollari va javoblari:
1. Qavariq linzaning optik o‘qida yotuvchi va linzaning fokusi deb ataluvchi nuqta
qaysi jihati bilan e’tiborni o‘ziga tortadi?
2. Yig‘uvchi linza nechta fokusga ega? Bu fokuslar linzaga nisbatan qanday
joylashgan?
3. Sochuvchi linzalarda ham fokus mavjudmi?
4. Agar bir linzaning fokus masofasi ikkinchi linzanikidan uzunroq bo‘lsa, unda bu
linzalardan qaysi biri ko‘proq yaqinlashtirib ko‘rsatadi?
9-sinf 7-Laboratoriya ishi.
Dostları ilə paylaş: |