Dars mavzusi Hayotning hujayrasiz shakllari. Darsning ta’limiy maqsadi. O‘quvchilarga Hayotning hujayrasiz shakllari



Yüklə 24,64 Kb.
tarix21.01.2017
ölçüsü24,64 Kb.
#5983
Dars mavzusi Hayotning hujayrasiz shakllari.

Darsning ta’limiy maqsadi. O‘quvchilarga Hayotning hujayrasiz shakllari

bo‘lgan viruslar ularning turlari to‘g‘risida ilmiy tushunchalar bеrish.



Darsning tarbiyaviy maqsadi.O‘quvchilar dunyoqarashini kеngaytirish,ekologik, axloqiy tarbiya bеrish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi.Viruslar bilan tanishish orqali o‘quvchilar tibbiy madaniyatini shakllantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Darsni jihozlash.Plakatlar,Kadoskop, kompyutеr.

Darsda foydalaniladigan tеxnologiya.Hamkorlikda o‘qitish tеxnologiyalari.(kompyutеr darslari.)

Asosiy tushuncha va tayanch bilimlar. Virus, gripp virusi,DNK,RNK baktеriofag.

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism.

2.O‘quvchilar bilimini aniqlash uchun topshiriqlar. Tеzkor savollar.

1.Tiriklikning hujayra tuzilish darajasiga binoan barcha organizmlar qanday guruhlarga ajratiladi?

J. hujayraviy va hujayrasiz.

2.To’qima nima?

J.Tuzilishi o’xshash bo’lgan hujayralar va hujayralararo modda yig’indisi.

3.Odam terisi qanday to’qimalardan tuzilgan?

J.epiteliy va biriktiruvchi

4.Organ nima.

J. bir necha turdagi to’qimalarning tuzilish va funksional yigindisi.

5.Organizm nima.

J. mustaqil hayot kechiruvchi yaxlit yoki bir va ko’p hujayrali tirik tizim.

6.Populyatsiya nima.

J. kelib chiqishi yashash sharoiti va hayot tarzi bir xil organizmlar yig’indisi.

7.Qaysi bosqichda dastlabki evolyutsion o’zgarishlar kuzatiladi.

J.populyatsiya

8.Tiriklikning ancha yuqori darajadagi tuzilmasi bo’lib turlar tarkibi bo’yicha xilma xil organizmlarni ularning yashash sharoiti bilan bog’liq holda birlashtiradi.

J.biogeotsenoz

9.Biogeosenoz daraja qanday tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi.

J.avtotrof va geterotroflar,organic va anorganik modda.

10.Biogeotsenozning asosiy vazifasi.

J. energiyani to’plash va energiyani taqsimlash

11.Hayotning barcha ko’rinishlarini qamrab olgan ancha yuqori darajadagi tabiiy tizimdir.

biosfera

12....yerdagi turli tuman hayotiy ko’rinmalarni qamrab oladi

biosfera

13.Biosferaning tarkibiy qismlarini toping


molekula,hujayra,to’qima,organ,organism,populyasia,biogeosenoz

3.O‘tgan mavzuni yakunlash

4. Yangi mavzuni o‘rganish.o‘quvchilarni yangi mavzu maqsadi ,borishi bilan tanishtirish

Topshiriqlar vidеoproеktor ekranida namoyish qilib turiladi.O‘quvchilar mustaqil ishlaydilar.

Topshiriqlar. Mavzuni o‘qing va biologik diktant yozishga tayyorlaning.Dastlab viruslarning kashf etilishi rus olimi ----- nomi bilan ma’lum.Bu kashfiyot ------- fani rivojlanishini boshlab bеrdi.Viruslar inson hayotiga katta xavf soladi.Ular ----,------,-----,-----,----, kabi kasalliklarni quzg‘atadi. Viruslar faqat ------da yashaydi. Hujayralararo suyuqlikdan hosil bo‘lgan ---------- vakuolalar orqali hujayra ichiga ------ o‘tadi. Ammo undan oldin hujayra sirtidagi maxsus oqsil –rеtsеptor bilan ------ sodir bo‘ladi. Ushbu bog‘lanish virus yuzasida maxsus ------orqali amalga oshiriladi. Virus bilan bog‘langan hujayraning qismi ---- birlashib, ------aylanadi. TSitoplazmatik mеmbranadan tashkil topgan ------qobig‘i boshqa vakuola yoki ----- bilan qo‘shiladi va virus hujayraning barcha qismiga tarqaladi.

Nuqtalar o‘rniga qo‘yiladigan so‘zlar.

D.Ivanovskiy, virusologiya, gripp, quturish, sariq kasalligi, entsеfalit, qizilcha, hujayralar, penotsitoz, virus, bog‘lanish, oqsillar, qitoplazmaga, vakuolaga, vakuola, yadro.

Virus va baktеriyafagning hujayraga kirishidagi o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang.


Nomi

Xususiyatlari

A. Virus

B. Baktеriyafag



1. Pinatsitoz vakuolalar orqali hujayra sirtidagi oqsil- rеtsеptor bilan bog‘lanish hosil qiladi.

2. Gеnomi tsitoplazmaga tushadi.

3. Bog‘lanish virus yuzasidagi oqsillar orqali amalga oshadi.

4. DNK yoki RNK itarib kiritiladi.

5. Kapsid tayoqchada qoladi.

6. Ular rеtsеptorni “tanib olish” xususiyatiga ega.




Topshiriqning javobi

A -1, 3, 6 B-2, 4, 5

Mavzuni mustahkamlash . tеst topshiriqlariga javob bеring.
1. Kim tamakida uchraydigan tamaki mozaikasi kasalligini qo’zg’atuvchilarni bakteriali filtrdan o’ta olish xususiyatini aniqlagan

A.1892-yil Ivanovskiy B.1892-yil Leffler

C. 1917-yil de Erell D.1893-yil Mechnikov

2. Qaysi olimlar uy hayvonlarida uchraydigan oqsil kasaligini qo’zg’atuvchilari bakteriali filtrdan o’ta olishini aniqlagan

A.1892-yil Ivanovskiy B. Leffler va Frosh

C. 1917-yil de Erell D.1893-yil Mechnikov

3. Bakteriofag virusni kim kashf etgan

A.1892-yil Ivanovskiy B.1892-yil Leffler

C. 1917-yil de Erell D.1893-yil Mechnikov

4. Bakteriyalarni zararlovchi virus –

A.bakteriofag B.tamaki mozaikasi C.gripp virusi D.gerpess virusi

5. Viruslarni o’rganuvchi fan –

A.mikrobiologiya B.parazitologiya C.virusologiya D.algologiya

6. Viruslar qaysi kasalliklarni keltirib chiqaradi?

A. qizilcha, ensefalit, quturish, gripp, sariq

B. ensefalit, quturish, gripp,sil

C. qizilcha,ensefalit,quturish,gripp,tuberkulyoz

D. gripp, sil, gijja

7. Viruslarni aniqlang

A. tamaki mozaikasi, gripp, kox B. tamaki mozaikasi, gripp, gerpes

C. kokk, gripp, sil D. basilla, vibrion, spirilla

8. Ular faqat hujayrada yashaydi,hujayra ichi parazitlari bo’lib,hujayradan tashqarida erkin va faol holatda uchramaydi,ko’payish xususiyatiga ham ega emas

A.virus B.bakteriya C.zamburug’ D.basilla

9. Viruslar qanday guruhlarga ajratiladi

A.oddiy va murakkab B.bir va ko’p hujayrali

C.RNK va DNK saqlovchi D.tuban va yuksak

10. Tamaki mozaikasi virusining tarkibini aniqlang-

A.oqsil qobig’I, DNK

B.oqsil qobig’I, RNK va DNK

C.oqsil qobig’I, RNK

D.sitoplazma,mag’iz,vakuol

11. virus hujayraga kirishi qanday amalga oshadi – A.hujayra oralig’I muhitda hosil bo’lgan pinositoz vakuola orqali

B.hujayra sirtidagi maxsus oqsil reseptor bilan bog’anish orqali

C.hujayra oralig’I muhitda hosil bo’lgan fagositoz vakuola orqali

D.A va B

12. Virusning hujayraga kirib borishi …..xususiyatini keltirib chiqaradi

A.kasallik B.yuqumlilik

C.halok bo’ladi D.portlash

13. Virusning hujayraga kirish ketma-ketligini ko’rsating

1) Sitoplazmatik membranadan tashkil topgan vakuola qobig’i boshqa vakuola yoki yadro bilan qo’shiladi 2) virus bilan bog’langan hujayraning qismi sitoplazmaga birlashib vakuolaga aylanadi 3) hujayra sirtidagi sezgir reseptorlarni tanish xusuiyatiga ega 4) bu bog’lanish virus yuzasidagi oqsillar orqali amalga oshadi

5) hujayra sirtidagi maxsus oqsil reseptor bilan bog’lanish sodir bo’ladi

A.5.4.3.2.1 B.5,4,2,3,1

C.1,2,3,4,5 D.5,3,4,1,2

14. Sariq kasaligini qaysi viruslar qo’zg’atadi.

A.Ava B virusi B.adenovirus

C.kox basillasi D.hammasi to’g’ri

15. Virusning hujayradan chiqishi qanday amalga oshadi

A.portlash B.kurtaklanish

C.kurtaklanish va pinositoz

D.A va B


16. Virus qanday ko’paysa hujayra nobud bo’ladi- A.portlash B.kurtaklanish

C.ekzositoz D.A va B

17. Virus qanday ko’paysa hujayra hayotchanligini ma’lum vaqtgacha saqlab qoladi

A.portlash B.kurtaklanish

C.endositoz D.A va B

18. bakteriyalarning hujayra qobig’I hayvonlarnikidan qanday farq qiladi

A.qalin bo’ladi va oqsil reseptorli

B.yupqa va reseptorli

C.yupqa va oqsil reseptorsiz

D.to’g’ri ajvob yo’q

19. Bakteriofag nima

A bakteriya virusi B.bakteriya kasalligi

C.zamburug’da parazitlik qiladigan bakteriya

D.odamda parazitlik qiladigan viruslar

20. Bakteriofaglarning hujayraga kirishi qanday ketma ketlikda kechadi

1) bakteriofag hujayrasiga ichi kovak tayoqcha yordamida uning boshchasida joylashgan DNK(RNK) itarib kiritiladi 2) bakteriofag genomi sitoplazmaga tushadi 3) kapsid tashqarida qoladi 4) bakteriya hujayra sitoplazmasida bakteriofag genomi reduplikasiyalanadi 5) oqsil sintezlanib uning kapsidi shakllanadi 6) oradan vaqt o’tgach bakteriya hujayrasi nobud bo’ladi 7) yetilgan fag zarralari tashqariga chiqariladi



A.1,3,5,6,4,7 B.1,2,3,5,6

C.1,2,3,4,5,6,7 D.3,4,5,1,6,7
Yüklə 24,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin