DARS MAZMUNNOMSI
SANA: 9.11.2023
GURUH: 6-1 UZB 23
FAN: Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Morfologiya.
MAVZU: SINTAKTIK SHAKLLAR BO‘YICHA MASHQ. EGALIK,KELISHIK VA KESIMLIK SHAKLLARI PARADIGMASI BO‘YICHA AMALIY ISH.
Darsning maqsadi:
ta’limiy maqsad: matnlar ustida ishlash orqali sintaktik shakllarni aniqlash, egalik, kelishik va kesimlik shakllari paradigmasini o‘rganish;
tarbiyaviy maqsad: talabalarni ezgu fazilat egasi bo‘lishga undash;
rivojlantiruvchi maqsad: talabalarning guruh bilan ishlash qobiliyati va og‘zaki nutqini o‘stirish.
Darsning turi: amaliy mashg‘ulot.
Darsning metodi: suhbat va munozara,savol-javob.
Dars jihozi: kitoblar, ko‘rgazma va kartochkalar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
talabalar bilan salomlashib , davomat aniqlanadi;
talabalar va sinf xonasining darsga tayyorligi aniqlanadi.
II. Uyga vazifa tekshiriladi. Talabalarga o‘tgan darsda ravish, olmosh va taqlidlar yuzasidan ilmiy tadqiqotlardan, dissertatsiya,monografiyalardan namunalar topib kelish uyga vazifa qilib berilgan edi. Talabalarning uyga vazifasi tekshirib olinadi.
III. Yangi mavzu yuzasidan mashq.
Guruh 3 ta kichik guruhlarga bo’linadi va o‘zlariga nom tanlaydilar. Yangi mavzu yuzasidan o‘qituvchi ma’ruza qiladi so‘ng 3 ta guruhdan 1 nafar a’zolar doskaga chiqib, otning sintaktik munosabat shakllari bo‘lgan: egalik. Kelishik va kesimlik shakllarini doskaga yozib izohlab berishadi.
I Shart
OT
Egalik
Kelishik
Kesimlik shakli
II SHART. Guruhlarga 3ta kartochkadan birini tanlash aytiladi. Bu kartochkalarda fe’l, sifat va son so‘z turkumlarining aloqa-munosabat shakllariga oid savollar mavjud bo‘ladi. Shu orqali talabalar mavzuni qay darajada o‘zlashtirganliklari aniqlanadi.
Fe’lning aloqa-munosabat shakllari qaysilar?
Fe’lda kesimlik kategoriyasini izohlang.
Fe’lda egalik kategoriyasini izohlang.
Fe’lda kelishik kategoriyasini izohlang.
Son so‘z turkumida aloqa-munosabat kategoriyalarining voqelanishi haqida gapiring.
Sonda egalik kategoriyasini izohlang.
Sonda kelishik kategoriyasini izohlang.
Sonlarda kesimlik kategoriyasi. Bog‘lamani izohlang.
Sifatda aloqa-munosabat kategoriyasi haqida ma’lumot bering.
Sifatda egalik kategoriyasini izohlang.
Sifatda kelishik kategoriyasini izohlang.
Sifatda kesimlik kategoriyasi,bog‘lamani izohlang.
III SHART. “O‘2Q” metodi.
yaxshi fikrlar ham
|
joy bo‘shatib
|
ukajonim
|
ba’zan
|
bermog‘i lozim.
|
Ishonganim- vafodorimsan
|
unutma
|
eng yaxshilariga
|
|
|
|
Ishonganim – vafodorimsan ,ukajonim, unutma, ba’zan, yaxshi fikrlar ham eng yaxshilariga joy bo‘shatib bermog‘i lozim.
neft va portlovchi moddalar
|
nafaqat fizik
|
orttirgan boyligini
|
adabiyotshunoslar
|
vrachlar
|
ishlab chiqarishdan
|
tinchlikparvarlarga ham
|
hamda ximiklarga,
|
balki
|
va
|
Nobel
|
vasiyat qilib ketdi
|
berilishini
|
|
|
|
Nobel neft va portlovchi moddalar ishlab chiqarishdan orttirgan boyligini nafaqat fizik hamda ximiklarga , balki vrachlar, adabiyotshunoslar va tinchlikparvarlarga ham berilishini vasiyat qilib ketdi.
o‘n yettini qo‘yib
|
onasiga yetayozgan
|
qadam bosganida
|
ammo
|
bo‘yi ham
|
o‘n sakkizga
|
Kumushbibi
|
to‘laroq ko‘rinar edi.
|
jussasi
|
endi
|
onasidan ko‘ra
|
|
IV SHART. “BU MENIKI”.
1.“Bu meniki” grammatik o‘yini asosida quyida berilgan gaplardan fe’lning sintaktik shakllarini toping.
2.Gaplarni tahlil qiling.
1.Majlis yarim kechagacha cho‘zildi. 2.Na xotin, na farzand ko‘rmagan, kimsasiz bechora yigit. 3.Mannop bilan Nodir ham tungi smenaga tushganligini bilgandan keyin noiloj rozi bo‘lishdi. 4. Achchig‘i chiqqanidan yig‘ladi. 5. Bu xushxabarni eshitib nazira quvonganidan gapirolmay qoldi. 6. Hamma gap ishlamaganida. 7. Bularni boshqa qismga yuboryapmiz. 8. Uning otasi ishchi ekan. 9. Hali kelishgani yo‘q, o‘zim ham kutib o‘tiribman. 10. Barno yo‘q ekan biroz kutdi.
1.“Bu meniki” grammatik o‘yini asosida quyida berilgan gaplardan sifatning sintaktik shakllarini toping.
2.Gaplarni tahlil qiling.
1. Darvoza tepasiga shoxning kattasi qo‘yilgandi. 2. Gulning qizilini ajratdi. 3. Qarzni odamning yaxshisidan so‘rang. 4. Piyozning achchig‘idan ko‘zlari qizardi. 5. Bola hovuzning to‘lasiga yugurdi. 6. Odamning pismig‘ida gap ko‘p. 7. Men shu zavodga ishga kirganlarning eng yoshi bo‘ldim. 8. Sen shu zavod ishchilarining tajribasi bo‘lasan. 9. Ukamning kichigi – o‘qituvchi. 10. Eshigi ochiq narigi xonadan pianino ovozi eshitilmoqda edi.
1..“Bu meniki” grammatik o‘yini asosida quyida berilgan gaplardan sonning sintaktik shakllarini toping.
2.Gaplarni tahlil qiling.
1. Olmaning beshtasi – senga. 2. Daftarning uchtasi menda. 3. Darvoza tagiga shoxning uchtasi qo‘yilgan. 4. Sigirning uchtasining suti ko‘p. 5. Gulning uchtasini ajratdi. 6. Qarzni odamning ikkinchisidan so‘rang. 7. Qo‘zilarning uchoviga havaslanib boqdi. 8. Bola mashinaning birinchisiga yugurdi. 9. Men shu zavodga kirganlarning eng birinchisi bo‘ldim. 10. Bu sinf maktabda a’lochi sinflarning birinchisi sanaladi.
Kitobdagi 35-mashq bajariladi.
IV. O‘quvchilar bilimini baholash.
V. Uyga vazifa. Keys topshiriqlarini bajarish va tahlil qilish.
Kafedra mudiri: f.f.d D.Rajabov
Fan o‘qituvchisi: f.f.d M.Q.Abuzalova
Dostları ilə paylaş: |