1
MAVZU: RAVISH SO‘Z TURKUMI SIFATIDA.
Mavzu rejasi:
1.
Ravishning leksik-grammatik xususiyatlari.
2.
Ravishlarning ma’no guruhlari.
3.
Ravishlarda darajalanish holati.
4.
Ravishning tuzilish jihatdan turlari.
5.
Ravish yasalishi.
Adabiyotlar:
1. Hamrayev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G‘ulomova X.,
Yo‘ldosheva
Sh. Ona tili (darslik). - Toshkent: MOLIYA- IQTISOD, 2007-yil.
2. M.Hamrayev. Ona tili. - Toshkent: “Ilm-ziyo-zakovat”, 2019. 150-155.
3. M.Hamrayev. Ona tilidan lisoniy tahlil qoliplari. - T.: TDPU, 2019.
Axborot manbalari:
1.
www. tdpu. uz
2.
www. pedagog. uz
3.
www. ziyonet. Uz
Ravishning leksik-grammatik xususiyatlari.
Harakat va holatning
belgisini, belgining belgisini (sifat va ravishning), ba’zan predmetning (ot)
belgisini bildiradigan mustaqil so`z turkumi ravish deyiladi. Masalan:
Qutlug`jon
tez orada o`zbekcha biyron-biyron gaplasha boshladi (O.). Ko`kday bepoyon
mening Vatanim (Q.Hikmat).
Sifat so`z turkumi kabi ravish ham belgi bildiradi. Lekin sifat, asosan,
predmetning belgisini, ravish esa, asosan, ish-harakatning belgisini, belgining
belgisini bildiradi.
2
Ravish ish-harakatning bajarilish tarzi (
astoydil
urindi
), payti (
hozir
keldi
),
o`rni (
yuqoriga
intildi
), miqdori (
kam
gapirdi), darajasi (nihoyatda achindi), sababi
(noiloj ko`ndi) va maqsadi (jo`rttaga indamadi)ni anglatadi.
Ayrim ravishlar ba’zan otga bog`lanib, predmetning noaniq miqdorini (
ko`p
kitob
), sifat va ravishning o`ziga bog`lanib, belgini kuchini; darajasini,
o`xshashligini (
obdon pishiq, ancha ilgari, toshday qattiq)
ifodalaydi. Shu ma’no
xususiyatlariga ko`ra ravish
qanday? qay tarzda? qachon? qayerga? qayerda?
qayerdan? qancha? qay darajada? nega? nima maqsadda?
kabi so`roqlariga
javob bo`ladi.
Ravish o`ziga xos grammatik xususiyatlarga ega:
1) ravish boshqa so`z bilan bog`lanib kelganda morfologik jihatdan
o`zgarmaydi (so`z o`zgartiruvchi affikslarni olmaydi). Lekin ma’lum kelishik yoki
egalik kelishik shaklida (qotib qolgan holda) ravishga ko`chgan so`zlar mavjud:
kunda, yiliga, kunduzi, chindan, rostdan, yaqinda, birdan, birga
kabi.
2) ravish belgi bildiruvchi so`z bo`lgani uchun sifat kabi belgini
(harakatning belgisini) darajalab, chog`ishtirib ko`rsatish xususiyatiga ega. Biroq
ravishlarda daraja anglatish sifatlardagi kabi taraqqiy qilgan emas. Ravish ham uch
daraja ko`rinishiga ega: oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja. Daraja
ma’nosi sifat darajalaridagi vositalarning o`zi bilan ifodalanadi. Belgini darajalab
ifodalash, asosan, holat ravishlari (ayrim payt va miqdor)ga xos.
Oddiy daraja. Oddiy darajada ravish ish-harakat belgining normal holatda
(chog`ishtirilmagan holatda) ekanligini bildiradi va o`ziga xos morfologik
ko`rsatkichga emas:
Usmonjon gunoxkorona jilmaydi (S.Z.).
Qiyosiy daraja. Qiyosiy darajadagi ravish harakat belgisining boshqa belgi
bilan chog`ishtirish orqali belgining kamligi, kuchsizligi, ko`pligi, ya’ni
kuchaytirish ma’nosini ko`rsatadi va ravishlarga -roq affiksini qo`shish bilan hosil
qilinadi:
astaroq, ozroq, barvaqtroq, keyinroq
kabi:
Zaynab ilgariroq, Kumush
keyinroq ichkariga kirishdi (A.Qodiriy). Ba’zan qiyosiy darajadagi ravishdan
oldin sal, yana, tobora kabi ravishlar keladi. Bunday holda kuchaytiruv va
3
kuchsizlantiruv ekspressiv yo`l bilan yanada orttirilgan bo`ladi: Sal burunroq
o`tkazilsa, ancha bo`y bergan bo`ladi (Sh.Rashidov).
Orttirma daraja esa ravishdan oldin juda, nihoyatda, eng, hammadan kabi
so`zlarni keltirish bilan hosil qilinadi va harakat belgisining normal holatdan o`ta
ortiqligini, kuchaytirilganligini ifodalaydi:
Bu yurtda eng avval senda tong otar,
Eng keyin tark etar seni quyoshing (E.Vohidov). Imon bilan amal bir-biriga juda
yaqindir. Ular bir-birisiz durust emas (Hadisdan).
3) ravishning fe’lga bog`lanib, gapda ko`pincha hol vazifasida kelishi, uning
asosiy grammatik xususiyatlaridan biri sanaladi:
Ogahiy yaratgan she’riy misralar
o`zining serjiloligi bilan kishilarni hamon o`ziga rom qilib kelmoqda (Kaykovus).
4) ravish sifat va ravishga, ba’zan otga bog`lanib kelib, belgini belgisini
bildiradi, gapda sifatlovchi-aniqlovchi vazifasi bajaradi:
Tog`day og`ir bilak
berdim... (H.O.).
Ba’zi ravishlar otga ham bog`lanib, uning belgisini ko`rsatadi va sifatlovchi
aniqlovchi vazifasini bajaradi. Fe’lga bog`lanib, harakatning belgisini bildirgan
sifatlar ravish so`z turkumiga o`tib ketmagani kabi, otga bog`langan ravishlar ham
sifat turkumiga o`tmaydi:
U ancha jo`yaklarni oraladi, ancha qovunlarni ushlab,
qay birini uzishni bilmadi (O.). Yetti qizning onasi haligacha kelinchak
(Topishmoq).
5) ravish otlashish xususiyatiga ega, ya’ni ravish bog`lanib kelgan ot gapda
qo`llanmasligi mumkin. Bunday holda ravig otga xos egalik, kelishik, ko`plik
affikslarini qabul qiladi va gapda ot kabi ega, qaratuvchi-aniqlovchi, to`ldiruvchi
vazifalarida keladi:
Ko`pni ko`rgan ko`hna dunyoda Baxt axtarib ko`plar o`tdilar
(H.O.). Ilm ko`pga etkazar, hunar esa ko`kka (Maqol). Har bir ishimizdan ertaning
shabadasi kelib turibdi, o`g`lim (O.).
Ravishlarda otlashish hodisasi, asosan, holat, miqdor belgisini (ba’zan payt
belgisi) bildiruvchi ravishlarga xos.
6) ravish gapda hukm tushunchasini anglatib bosh bo`lak ot kesim vazifasida
ham keladi:
Odam har qancha olim bo`lsa ham, uning o`zi sezmagan kamchiliklari
ko`p («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
4
7) ravish so`z yasalish xususiyatiga ega. Ravish yasovchi maxsus so`z
yasovchi affikslar mavjud:
do`stona, yangicha, tasodifan, butunlay
kabi. Bunday
usul bilan ravish yasalishi morfologik usul sanaladi. Ravish sintaktik usul bilan
ham yasaladi: bir oz, har gal, bir yo`la, dam-badam kabi.
8) ravishlarda modal ma’no yasalishi ham mavjud. Bunday shaklda kelgan
ravishlar harakat belgisining kuchsizligi, ta’kid, noaniqlik kabi ma’nolar anglatadi.
Bu modal ma’no sintetik shakl orqali hosil qilinadi, ya’ni ravishga
-roq, -gina (-
kina, -qina)
affikslarini qo`shish orqali: ko`proq, endigina, sekingina, kechagina
kabi hamda ravishlarni aynan takrorlash yo`li bilan hosil qilinadi:
asta-asta, tez-
tez, sal-pal.
Men ko`proq uni ko`rish niyatida yurar edim, lekin o`ylaganim bo`lmadi
(P.Qodirov). Hasanali sekingina daricha ostig`a yotib hujra ichiga quloq soldi
(A.Qodiriy). CHiqsak ham Sulton amaki bilan chiqardik. Sekin-sekin unga o`rgana
boshlagandik (H.Nazir).
Dostları ilə paylaş: |