dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


BILIB OLING. O'tgan zamon shakllari harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin bo’lganini bildiradi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə126/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

BILIB OLING. O'tgan zamon shakllari harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin bo’lganini bildiradi.
Bu zamon shakllari fe'l asoslariga -di, -(i)b, -gan (-kan, -qan) qo'shimchalarini va ulardan so'ng shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil qilinadi.
206-mashq. Gaplarni ko'chiring. O'tgan zamon fe'llarini toping, ularni hozirgi zamon va kelasi zamon fe'llariga aylantirishga urinib ko'ring.
1. Qizlar to'da-to'da bo'lib lapar aytishdi. (N. Safarov) 2. Sinf rahbarimiz Hasan aka menga bildirmay G'anini uyga yuboribdilar. (M.A'zamov) 3. Aka-ukalar to'qayda bo'ri, to'ng'iz, tulkilar ko'p bo’lishini eshitishgan edi. (X. To’xtaboyev) 4. Mana bu shotutni bobosi ekkan ekan. (Sh. Otaboyev) 5. Ho' so'ridagi cholni ko'rdinglarmi, yonidagi chollarga Navoiy g'azallarini o'qib berib o'tiribdi. (S. Anorboyev)
207-mashq. Gaplarni o'qing. Nuqtalar o'rniga o'tgan zamon fe'llarini yasovchi qo'shimchalardan mosini qo'yib, ko'chiring.
1. Atrof ko'm-ko'k bo'lib, yo'l chetida qoqigullar, lolalar, chuchmomalar qiyg'os ochilib yotar... (N. Fozilov) 2. Men juda quvondim: mana, endi o'sib ham qol...m, yoshim o'n to'rtga kir..., odamlar menga ishonadigan bo'lib qol..., deb ich-ichimdan sevin...m. (G'afur G'ulom) 3. Men tez-tez Toshkentga kelib tur...man (O'. Umarbekov) 4. Bolakay tog'lar orasida yashovchi cho'pon tog'asini juda yaxshi ko'rar... (A. Ko'chimov)
1. O'tgan zamon fe'llari deb nimaga aytiladi?
2. O'tgan zamon fe'llari qanday qo'shimchalar yordamida yasaladi?
3. O'tgan zamon fe'llariga shaxs-son qo'shimchalari qay tarzda qo'shiladi?


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
Ilmiy bo’lim mudiri: __________________
« Ona tili» 6– “A”, “B” sinf
6 «A»____ ___________________ 6 «B»____ ___________________________

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin