dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə108/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1-topshiriq. Berilgan fe'llarni solishtiring, farqlarini ayting.
Topib olmoq, toshmoq, oqmoq, uxlab qolmoq, bayon qilmoq, yurmoq, sakramoq, tortib olmoq.
2-topshiriq. Tasdiqlamoq — tasdiq etmoq, ko'maklashmoq — ko'mak bermoq fe'llarini qiyoslab, farqli tomonlarini toping.
BILIB OLING. Fe'llar tuzilishiga ko'ra uch xil bo'ladi: a) sodda fe'llar; b) qo'shma fe'llar; d) juft fe'llar.
Sodda fe'llar bir asosdan tarkib topadi. Sodda tub fe'llar asos holatida ish-harakat va holatni anglatadi. Masalan: qurmoq, yurmoq, ketmoq.
Sodda yasama fe'llar so'z yasovchi qo'shimchalar yordamida boshqa so'z turkumlaridan yasaladi: shod — shodlanmoq, yangi — yangilamoq, gap — gapirmoq, guv — guvullamoq, tez — tezlamoq.
184-mashq. Gaplarni ko'chiring. Sodda fe'llarni tub va yasama fe'llarga ajrating.
Kunlardan bir kuni Durroj: «Men tuzoqqa tushdim!» — deb sherni aldadi. Sher o'zining aldanganini bilib: «Meni aldamagil, yolg'onchidan el nafratlanadi», desa ham, Durroj quloq solmas, yolg'onchilikni, aldashni qo'ymas edi. Bir kuni Durroj tuzoqqa ilindi va: «Meni tutib oldilar!» deb qattiq qichqirdi. Sher: «Bu gal ham Durroj meni aldayapti», deb qutqarishga bormadi. (Alisher Navoiy)
Ko'rdingizmi, bolalar! Durroj yolg'on so'zlagani, noto'g'ri gapirgani uchun tuzoqqa tushdi.
185-mashq. Quyidagi fe'llarni ikki guruhga bo'lib ko'chiring. Birinchi guruhga sodda tub, ikkinchi guruhga sodda yasama fe'llarni kiriting.
Bilmoq, eslamoq, qutlamoq, ta'sirlanmoq, qo'ymoq, yo'llamoq, suvsiramoq, tashlanmoq, g'ichirlamoq, achchiqlanmoq.
186-mashq. Sodda yasama fe'llarni aniqlang, ularning yasalishini tushuntiring.
1. Ko'klam. Butun mavjudot qaytadan yasharmoqda. (Mirtemir) 2. Xadichaning uzunchoq sarg'ish yuzi qizardi. (O'. Hoshimov) 3. Usta temirni chog'ga solib bolg'alaydi, cho'zadi, yassilaydi, yana olovga soladi. (Oybek) 4. Bir-birimiz bilan tezda eski qadrdonlardek suhbatlashdik. (G'afur G'ulom) 5. Mirtursun Xalifaning terakzoriga yaqinlashgach, u qadamini sekinlatdi. (X. Sultonov)

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin