dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə105/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1-topshiriq. Berilgan so'zlarni tarkibiy qismlarga ajrating. O'yna, qiyna, sana, yasha, ata, pasay, susay.
2-topshiriq. Yuqoridagi so'zlarda yasovchi qo'shimcha qo'shilgandan so'ng asosda qanday o'zgarish ro'y berganligini ayting.
3-topshiriq Berilgan so'zlarning qanday talaffuz qilinishi va imlosiga e'tibor bering.
Gurilla, g'uvulla, uvulla.
BILIB OLING. Fe'l yasovchi -a qo'shimchasi o'yin, qiyin kabi ikki bo'g'inli so'zlarga qo'shilganda bu so'zlarning ikkinchi bo'g'inidagi / unlisi talaffuzda tushib qoladi va shunday yoziladi.
Fe'l yasovchi -ay qo'shimchasi past, sust so'zlariga qo'shilganda bu so'zlar oxiridagi t talaffuzda tushib qoladi va shunday yoziladi.
-illa qo'shimchasi tarkibida u unlisi yo v undoshi bo'lgan bir bo'g'inli so'zlarga qo'shilganda -ulla tarzida aytiladi va shu holda yoziladi.
180-mashq. Gaplarni ko'chiring. -illa qo'shimchasining aytilishi va yozilishiga diqqat qiling.
1. Yuragim hayajondan gupullab uradi. (Said Ahmad) 2. Pastda esa odamni oqizadigan katta suv xarsanglarga bosh urib shovullab oqyapti. (P. Qodirov) 3. Hamma yoq jim. Faqat pashsha g'ing'illaydi, bemor inqillaydi. (Abdulla Qahhor) 4. Mahallamizdagi o'rtoqlarim ham otlarini lo'killatib kelib qoldilar. (Abdulla Qodiriy)
181-mashq. Yasama fe'llarni toping, ularni asos va qo'shimchalarga ajrating Asosda sodir bo'layotgan tovush o'zgarishlarini belgilang.
Hovlining yarmigacha ariq tortib ekilgan qulupnay pushtalari orasida suv yaltiraydi.
Ichkarida chaqaloq yig'ladi. Beshikning g'ichirlagani eshitildi. Bola xuddi shuni kutib turganday, battar yig'lay boshladi.Shokarim uxladimi, yo'qmi, bilolmadi. Bir mahal bola yig'ladimi yo tashqarida shamolning guvullashi aralash dahshatli bir faryod qulog'iga kirdimi, anglay olmay qoldi. (O'. Hoshimov)

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin