Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz (A.Navoiy)
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 7-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1-topshiriq. Berilgan so'zlarni tarkibiy qismlarga ajrating. Qo'shimcha qismning vazifasini ayting.
Sana, boyi, oqar, qoray, suvsa, yaltira, yiltira, suhbatlash.
2-topshiriq. Berilgan yasama fe'llar qatorini davom ettiring. Suvsira, tuzla, tuna, chirqilla, qisqar.
BILIB OLING* -la, -a qo'shimchalari ot, sifat, undov so'zlardan, -(a)y, -i, -sira, -sa qo'shimchalari ot va sifatlardan, -(a)r qo'shimchasi sifatlardan, -illa, -ira qo'shimchalari taqlid so'zlardan fe'l yasaydi.
-sira qo'shimchasi sen, siz olmoshlaridan ham fe'l yasaydi.
175-mashq. Gaplarni ko'chiring, nuqtalar o'rniga qavs ichidagi qo'shimchalardan mosini qo'yib, fe'llar hosil qiling va ularning yasalishini izohlang.
1. Odobli va adolatli inson qo'lidagi qalam baxt-saodat uchun xizmat qilib yurgan odamlarni zavq... (-la,-ir,-lan) tiradi, bir-biriga yaqin... (-sa, -lash, -man) tirib, do'stlikni mustahkam... (-sira, -la, -y) di. (H. Ziyoyev) 2. Goho miriqib gap... (-cha,-ir,-la) shib, o'y... (-in, -la, -choq) shib olish ham kerak-ku? Xotiralar odamning yuragini toza... (-lik, -gar, -la)ydi. (Sh. Xolmirzayev) 3. Yuzimga qarab turib «sen... (-la, -sira, -sa) mang» deydi-ya?! (Abdulla Qahhor) 4. U Marg'ilonga yaqin... (-roq, -lash, -la)ib qolganda kun og'ib qolgan edi. (Tohir Malik)
176-mashq. -la qo'shimchasi yordamida yasalgan fe'llarni jadvalga joylashtiring, ularning yasalishini izohlab, gaplar tuzing.
Tuzlamoq, dodlamoq, yangilamoq, tezlamoq, voyvoylamoq, yaxshilamoq, varaqlamoq, to'g'rilamoq, sekinlamoq, ho'plamoq, qishlamoq.
Dostları ilə paylaş: |