ESDA TUTING. Bir turdagi shaxs, narsa, o'rin-joy, faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlar turdosh otlar sanaladi.
288-mashq. Matnni ko'chiring. Turdosh otlarni aniqlab, ularga tavsif bering.
Nurali baxshi bu tomonlarda juda mashhur edi. Tog'liklarning biron to'yi, ma'rakasi, gap-gashtagi usiz o'tmaydi. Nurali baxshi biron sabab bilan qatnasha olmagan to'ydan odamlari «Bu to'y to'y bo'lmadi», deb qaytishar edi. Nurali baxshi etagi tizzadan yuqori olacha to'n kiygan, boshida ko'k salla, og'zi to'la tilla tish. Chap qo'lida ushlab kelayotgan do'mbirasining qoshiga har xil tumorlar, munchoqlar, ipak popuklar taqilgan. (Said Ahmad)
289-mashq. Gaplarni o'qing. Turdosh otlarni topib, ularni ma'no guruhlariga ajrating.
1. Shamol qorni yuz-ko'zlarga keltirib uradi. Sovuq suyak-suyaklargacha o'tib ketayotgandek bo'ladi. (P. Qodirov). 2. Chumchuqlar, chittaklar, to'rg'aylar, sa'valar o'z to'plari bilan vijir-vijir, chug'ur-chug'ur sayrab-kuladilar. (Abdulla Qodiriy) 3. Tong endi-endi oqara boshladi, shekilli, bitta-yarimta odam ko'rindi. (Oybek) 4. Bu qo'shiqda na nolish bor, na azob, unda yashash ishtiyoqi, pok muhabbat, bitmas-tuganmas orzu va qudrat bor edi. (O'. Umarbekov) 5. Sekin-sekin yurib, ichkari hovliga kiradigan eshikni ochdi. (Yo'ldosh Sulaymon) 290-mashq. Uch guruhga bo'lining. Birinchi guruh shaxs, ikkinchi guruh narsa, uchinchi guruh o'rin-joy nomlariga o'ntadan misol yozsin. Qaysi guruh topshiriqni birinchi bo'lib bajarsa, o'sha guruh g'olib bo'ladi.
1. Shaxs otlari deb nimaga aytiladi?
2. Narsa otlariga misollar keltiring.
3. O'rin-joy otlariga misol ayting.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _________________________