dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə186/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish
II. Otgan mavzuni sorash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Topshiriq. Berilgan so'zlarning so'rog'ini aniqlang va qanday ma'no ifodalashini ayting.
Chol, yigit, kampir, qiz, shaharlik, suvchi, xola, amma, zargar.


BILIB OLING. Shaxs otlari kim? so'roq'iga javob bo'lib, shaxslarni yoshiga, yashash joyiga, mansab-unvoniga, kasb-koriga, ijtimoiy holatiga, qarindoshlik darajasiga, nasl-nasabiga ko'ra nomlab keladi.


292-mashq. Gaplarni ko'chiring. Shaxs otlarini topib, ularni izohlang.
Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o'g'li Otabek! (Abdulla Qodiriy) 2. Bahor oxirlab qolayotgan kunlarda shahzoda Abusaid qirq yigiti bilan ovga chiqdi. (P. Qodirov) 3. Dehqonchilik sirini professorlar o'rgatgan emas bizga. Paxtakorning o'z kitobi bor. Bu kitob uning ko'kragida. (Oybek) 4. Shavkat eng oldin enasi bilan quchoqlashib, xayr-xo'shlashdi. (Qamchibek Kenjd)


293-mashq. Matnni o'qing. Shaxs otlarini aniqlab, ularga izoh bering. Kampir uning boshini silab, peshonasini yuziga bosib sekin dedi:
— Qayoqlarda yurgan eding, bolaginam? Ko'zim ochiq paytlarida qayoqlarda eding, tentagim?
Tolibjonning ko'zlaridan yosh quyilib kelaverdi, quyilib kelaverdi.
Kampir uni bag'ridan bo'shatib hovli tomonga qichqirdi:
— Nima qilib turibsanlar, ayangni chaqirmaysanlarmi? Dadalaringga xabar qilmaysanlarmi? Yugur, pochchangga chop, tog'am keldi, deb ayt.
Bir hovli bola dupur-dupur qilib to'rt tarafga yugurib ketdi. (Said Ahmad)
1. Shaxs otlari deb nimaga aytiladi?
2. -lik qo'shimchasi yordamida qanday shaxs otlari yasaladi?
3. Qarindoshchilikni va nasl-nasabni bildiruvchi shaxs otlariga misollar keltiring.



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin