dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə193/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, korgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish
II. Otgan mavzuni sorash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Topshiriq. Berilgan so'zlarni tub va yasama otlar guruhlariga ajrating. Yasama otlar tarkibidagi yasovchi qo'shimchalarni ajrating.
O'roq, taroq, tugma, suzma, qirg'ich, suzgich, guldon, elak, supurgi, achitqi, qurilma.

BILIB OLING. Narsa otlari -gich (-qich, -kick, -g'ich), -gi (-qi, -ki, -g'i), -k, -q, -oq, (i)ndi, -ma, -don va boshqa qo'shimchalar yordamida yasaladi. -q qo'shimchasi a unlisi bilan tugagan fe'llarga qo'shilganda a unlisi o shaklida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi: bo'ya+q = bo'yoq kabi.


302-mashq. Gaplarni ko'chiring. Narsa oti yasovchi qo'shimchalarni aniqlang. Ular yordamida yana qanday narsa otlari yasash mumkin? Shu haqda o'ylab ko'ring.


1. Mundoq qarab razm solsam, ko'pchilikning qo'lida kosov, bolta, o'roq... (Oybek) 2. Mashinada kichkina sovutgich ham bor edi. (Orif Farmon) 3. Oqqirov kasalligini yuzaga keltiruvchi organizmlar g'o'za barglariga uya quradi, tuproqda, o'simlik chirindilari orasida qishlaydi. Bahorda yana ekinlarni kasallantiradi. (Gazetadan) 4. Direktor o'sha terilar uchun xalq xo'jaligi yutuqlari ko'rgazmasining oltin medalini oldi. (Said Ahmad) 5. Eshikni ochishim bilan dadam qo'lidagi gazetasini, oyim supurgini tashlab menga qaradi. (O. Yoqubov)

303-mashq. Quyidagi narsa otlarining yasalishiga diqqat qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing.


Ochqich, qo'lyozma, quymoq, suvdon, kiyim, gazlama, yelpig'ich, uzangi, yoqilg'i, bezak, qisqich, to'plam.

304-mashq. Gaplarni o'qing. Nuqtalar o'rniga narsa otini yasovchi qo'shimchalardan mosini qo'yib ko'chiring.


1. Kissasida yarimta o'chir... bilan kecha ochgan qalami bor ekan. (M. Zayniddinova) 2. Bu uchrashuv «Qizingiz yozdi» she'riy to'pla...i bosilguncha bo'lib o'tgan edi. (N. Fozilov) 3. Qovur... antiqa bo'lgan ekan, ochig'ini aytsam, bunaqa shirin go'shtni umrimda yemagan edim. (Said Ahmad) 4. G'ildira...larning bir maromda taraqlab, tebranishidan ko'zim ilinibdi. (P. Qodirov) 5. Suz... va qatiqning inson salomatligi uchun foydasi ko'p. (Gazetadan)
1. Narsa oti yasovchi qo'shimchalar qaysilar?
2. Asosga qaysi narsa otini yasovchi qo'shimchalar qo'shilganda tovush o'zgarishi sodir bo’ladi.

305-mashq. Uyga vazifa. -q, -gich, -gi, -ki, -qi, -ma, -k qo'shimcha lari yordamida narsa otlari yasang va ular ishtirokida gaplar tuzing.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Ogzaki savol-javob.
V. Uyga vazifa

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin