dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə195/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, korgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish
II. Otgan mavzuni sorash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
l-topshiriq. Berilgan o'rin-joy nomlarini turar-joy, o'simliklar o'sadigan joy, dunyo tomonlari, odamlar to'planadigan joy nomlari kabi ma'no guruhlariga ajrating.
Shahar, qishloq, guzar, mahalla, tuman, viloyat, ko'cha, gulzor, olmazor, saylgoh, sharq, g'arb.


2-topshiriq. Nuqtalar o'rniga qavs ichidagi mos so'zlarni qo'ying. Hosil bo'lgan yasama otlarning qanday ma'no ifodalashini ayting.
...zor, ...loq, ...iston, ...goh, ...xona
(uzum, o'rik, gul, o't, tosh, gul, osh, sartarosh).

BILIB OLING. Qayer? so'rog'iga javob bo'lib, o'rin-joy ma'nosini bildiruvchi otlar o'rin-joy otlari sanaladi. Bunday otlar o'rin-joy ma'nosi bilan birga narsalik ma'nosini ham bildiradi, shuning uchun qayer? so'rog'i bilan birga nima? so'rog'ini olishi ham mumkin.


-zor, -loq, -iston, -goh, -xona qo'shimchalari o'rin-joy otlarini yasaydi.

306-mashq. Gaplarni ko'chiring. O'rin-joy otlarini topib, ularni guruhlang.


1. Har qalay, o'zi tug'ilib o'sgan qishloq. Bolaligini eslatadigan guvala devorlar bilan qurshalgan ko'chalar, suvga cho'milgan jimjit soylar, olisda sadafdek chaqnab turgan cho'qqilar, yam-yashil o'tloqlar ko'ngliga taskin berar-ku! (Said Ahmad) 2. Darvozadan chiqib, katta yo'ldan biroz yurilgach, chap tomondagi tolzor ko'chaga burilishdi. (Abdulla Qahhor) 3. O'ktam Komila orqasidan yurib, olchazor orqali keng, tekis, bahavo maydonga chiqdi... (Oybek) 4. Cho'pon otaning katta hovlisi, otlar bog'langan bostirmasi, sigirlar boqiladigan molxonasi va qo'ylar turadigan ikkita katta qo'rasi bor edi. (P. Qodirov)

307-mashq. Gaplarni o'qing. O'rin-joy otlarini topib, ularning qanday ma'no anglatayotganini izohlang.


1. Qutidor do'koniga jo'nagandan keyin Oftoboyim To'ybekani mehmonxonaga buyurdi va o'zi xamir qilishga o'tirdi. (Abdulla Qodiriy) 2. U shosha-pisha kiyinib, endi tashqariga chiqayotgan ham ediki, eshik ohista taqillab, ostonada Mehriniso ko'rindi. (O. Yoqubov) 3. Biz ko'chib kelgan hovli katta edi. Qator qilib solingan ikki uy, bir ayvon. (O'. Hoshimov) 4. Bu yerlarni qo'riqxonaga aylantirar emish, shuning uchun uy hayvonlarini boqish mumkin emas ekan. (Tohir Malik)
1. O'rin-joy otlari deb qanday otlarga aytiladi?
2. Ularni qanday ma'no turlariga ajratish mumkin?
3. Qaysi qo'shimchalar yordamida o'rin-joy otlari hosil qilinadi?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Ogzaki savol-javob.
V. Uyga vazifa

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin