Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Topshiriq. Berilgan juftliklardagi so'zlarning nima bilan farqlanayotganini ayting.
Olma — olmalar, qalam — qalamlar, maktab — maktablar, suv — suvlar, uy — uylar.
BILIB OLING. Otlarning -lar qo'shimchasini olgan shakli ko'plik shakli, -lar qo'shimchasisiz shakli esa birlik shakli sanaladi.
Otlarning ko'plik shakli ko'plik ma'nosidan tashqari hurmat, umumlashtirish, kuchaytirish (ko'zim — ko'zlarim, labi — lablari) ma'nolarini ham ifodalashi mumkin.
318-mashq. Gaplarni o'qing, birlik va ko'plik sonda kelgan otlarni topib izohlang.
1. Nigora Saidlarnikiga kirganda uyning chiroqlari yoqilgan, Said bilan dadasi televizor ko'rib o'tirishar edi. (A. Azimova) 2. Bolalar eng quvonchli xabarni yurtdoshlariga yetkazishga oshiqayotgan elchilardek guvillab Usmonlarnikiga jo'nashdi. (A. Ko'chimov). 3. Ko'zlarim hali harf tanimas edi, qalam ushlolmasdi hali qo'llarim. Kapalak izidan quvib tinmasdan, Yulduzlarni sanar edim tunlari. (M. Boboyev) 4. Ey farzandlar — g'unchalar! Sizga mehrim shunchalar. (Quddus Muhammadiy)
319-mashq. Gaplarni ko'chiring. -lar qo'shimchasi bilan kelgan otlarning qanday ma'no anglatayotganini ayting.
1. Shavkatlarning kattagina uzumzor bog'i bor. (Sh. Otaboyev) 2. Dadamlar: — Xo'sh, qalay, bu yerlar yoqdimi? Qara, hamma yoq sokin. Qushlar, baliqlar — bizniki, — dedilar. (Olmos) 3. Bahor keldi. Ariqlarda suvlar to'lib, sharqirab oqa boshladi. (D. Mahmudov) 4. Hamma ishlarning boshi to'g'rilik va halollikdir.
1. Otlarning birlik shakli deb nimaga aytiladi?
2. Otlarning ko'plik shakli qanday yasaladi?
3. -lar qo'shimchasi qanday ma'nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi?
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa
Dostları ilə paylaş: |