dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə211/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, korgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish
II. Otgan mavzuni sorash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Topshiriq. Berilgan so'zlarni tarkibiy qismlarga ajrating. Sifatlarning qanday yasalganini ayting.
Shirin, oq, katta, shirali, mazmundor, serunum, kamhosil, ko'ylakbop, xushfe'l.
BILIB OLING. Sifatlar tarkibiga ko'ra tub va yasama sifatlarga bo'linadi. Tarkibida so'z yasovchi qo'shimchalar bo'lmagan sifatlar tub sifatlar, asos va yasovchi qismdan iborat bo'lgan sifatlar yasama sifatlar hisoblanadi. Yasama sifatlar asosga qo'shimchalar qo'shish yoki so'z qo'shish yo'li bilan hosil qilinadi.
328-mashq. Oybekning «Bolalik» asaridan olingan gaplarni o'qing. Qavs ichidagi sifat yasovchi qo'shimchalardan mosini nuqtalar o'rniga qo'yib, ko'chiring.
1. Otin bibi qari, jiddiy, (bo-, ser-, no-)... savlat xotin. 2. O'yma... (-gar, -li, -kor) gullari bilinmaydigan darajada o'chgan, qo'sh tabaqa... (-siz, -li, -miy) eski eshikka kiramiz. 3. Pochcham ellikdan oshgan, novcha, kasal... (-chan, -kash, -mand), rangpar kishi. 4. Cho'ponlar sez... (-qur, -gir, -kir), itlar ham ziyrak, bo'ridan ayyor. 5. Do'mbirachi qadim... (-iy, -gi, -dor) qozoq hayotidan dostonlar kuylamoqda.
329-mashq. Matnni o'qing. Sifatlarni topib, izohlang.
1. Oldimizda mevali va mevasiz daraxtlari ko'p bo'lgan o'rmon. Archa ham serob. O'riklarning yaprog'i qizil, qontalash. Xuddi birov ular shoxiga bir satil qizil bo'yoqni sepib tashlaganday. Pastga egilgan yaproqlari sariq ipakday mayin. Ko'zga shunday jozibali ko'rinadiki, uzib-uzib g'arch-g'urch tishlaging keladi. (Sh. Xolmirzayev) 2. Hindubek turkiy, forsiy tillarni mukammal o'rgangan ilmli, ma'rifatli, dilkash kishi bo'lganligi uchun Boburning eng yaqin beklari qatoriga kirgan edi. (P. Qodirov) 3. Suv shishadek tiniq. (S. Anorboyev) 4. Hozir ular uchun eng bexatar yo'l Toshkent edi. (P. Qodirov)
l.Tub sifatlar deb qanday sifatlarga aytiladi?
2. Yasama sifatlar qanday qismlarga ajratiladi?
3. -li, -siz, -chan qo'shimchalari yordamida sifatlar hosil qiling.
4. ba-, be-, ser- qo'shimchalari yordamida sifatlar yasang.
330-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni o'qing. Nuqtalar o'rniga quyida berilgan qo'shimchalardan mosini qo'yib, ko'chiring.
1. Inson tabiatning eng ong... farzandi. (Tohir Malik) 2. Pastdagi bog'dan yumsho..., namxush xazon hidi ko'tarilib, uning xayollarini to'l... oy sehrlagan tog' vodiy daralariga olib ketardi. (Asqad Muxtor) 3. Oybek domla nihoyatda tiyraklik bilan, ko'pchilik nom... insonlarda juda kam uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg'uborlik bilan opaning gaplarini tasdiq etdi. (A. Oripov) 4. Bu o'lkada iqlim o'rtacha, suv mo'l, yer unum..., quyosh nuri yetarli. (G'afur G'ulom) 5.Ariqlarda suv emas, o'yno... nur oqadi. (Abdulla Qahhor)
Qo'shimchalar: -li, -in, -q, -dor, -qi.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Ogzaki savol-javob.
V. Uyga vazifa

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin