Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Uch guruhga bo'lining. Birinchi guruh sodda, ikkinchi guruh qo'shma, uchinchi guruh juft otlarga misollar yozsin. So'ng ular ishtirokida gaplar tuzing.
Namuna: bog' gulbog' bog'-bo'ston
adir otashkurak qir-adir
oshpaz oshqozon non-choy
2-topshiriq. Temirjon, Po'latjon, Oltinoy, Kumushxon, Jasurbek, Nodirbek, Go'zaloy, To'xtasinbek, Turdixon, Charosxon kabi atoqli otlarning qaysi so'z turkumlaridan yasalganini aniqlang. Ularning tarkibida kelgan erkalash shakllarini yasovchi qo'shimchalarni izohlang.
3-topshiriq. Quyida berilgan turdosh otlarni jadvalga joylashtiring. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Jarlik, bog'bon, soylik, buloq, saylov, soat, dorboz, somsapaz, daryo, irmoq, darvozabon, uzumchilik, dehqonchilik, tintuv, o'qituvchilik, qir, tepalik, jilg'a.
Shaxs otlari
|
Narsa otlari
|
|
Dostları ilə paylaş: |