a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu 1-topshiriq. Berilgan juftliklardagi juda, sal so'zlari qo'shilgan sifatlarning ma'no jihatidan qanday farqlanishini ayting.
l.Juda shirin — sal shirin. 2. Juda sovuq — sal sovuq.
2-topshiriq.Shunday juftliklar qatorini davom ettiring.
BILIB OLING. Belgining me'yordan kam ekanligini bildiruvchi shakl sifatning ozaytirma daraja shakli hisoblanadi. Ozaytirma shakl sifatning oddiy daraja shakli oldiga sal, biroz, picha, xiyla, nim so'zlarini qo'shish orqali hosil qilinadi. Rang-tus bildiruvchi ayrim sifatlardan -(i)mtir, -ish qo'shimchalari yordamida ham ozaytirma daraja shakli yasaladi.
371-mashq. Gaplarni o'qing. Ozaytirma daraja shaklidagi sifatlarni topib, ularning yasalishini tushuntirib bering.
1. Gulzorga to'kilgan bulturgi xazon ilma-teshik bo'lib, jigarrang tus olgan. (O'. Hoshimov) 2. Shamning qizg'ish shu'lasi kulbaga fayz berib turar edi. (G'afur G'ulom) 3. Maxsum kichkinagina, ozg'in, siyrak soqoli-yu qop-qora yuzidan yoshini chamalab bo'lmaydigan bir odam edi. (Abdulla Qahhor) 4. Shunda ulg'aydi bo'yi, Ko'ring bo'ldi yigitcha. Vazmin, tiyrak, chaqnoq ko'z, Sarg'ish soch-u oppoq yuz. (Po'lat Mo'min)
372-mashq. Ko'chiring. Ozaytirma daraja shaklidagi sifatlarning tagiga chizing.
1. U duduq, xiylagina duduq bo'lishiga qaramay sho'x, xushchaqchaq, yaxshigina askiya ham qilar ekan. (Abdulla Qahhor) 2. Xira yorug' ichkariga to'kiladi, gugurtcho'p alanga olib Olim Qodirovning kulcha, oqish yuzlarini, quyuq kipriklari va bezovta chaqnayotgan ko'zlarini bir zum yoritib, asta-asta pasayib o'chadi. (N. Tilavov) 3. Kalishlarni kiyib olaman. — Sag'al katta-ku!— deyman sevinganimdan entikib. (Oybek) 4. Qoramtir osmon asta-sekin yorisha boshladi. (Ertakdan) 1. Sifatlarning ozaytirma daraja shakli deb nimaga aytiladi?
2. -(i)mtir, -ish qo'shimchalari yordamida ozaytirma sifatlar yasang.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V.Uyga vazifa