1-mashq. O‘qing. Shart mayli shaklidagi fe’llarni topib, yasalishi va tuslanishi, zamon ifodalash xususiyatini tushuntiring. 1. Xayol bilan bo‘lib ko‘chaga chiqayotsam, eshik oldida sariq fufayka
kiygan, kulcha yuzli notanish bir qiz rupara bo‘ldi. (O. Xusaiov.) 2. Sen
xayqirsang ko‘pirib, g‘uncha tabassum etar, Bulbul qo‘shig‘i bilan bo‘ston
jaranglab ketar. (S. Nazar.) 3. Kimga kulib boqsa quyoshli davron, Saodat o‘lkasi bo‘lsa diyori, Bo‘lmas yuragida zarracha armon, Yashnar menikiday ko‘ngil bahori. (S. Nazar.) 5. Kiyintirsam seni bahorga, Yulduzlarni o‘rasam qorga, Olib kelib oldingga qo‘ysam, ham yulduzni,
ham seni so‘ysam... Shunda sening ko‘ngling to‘lurmu? (X- O.)
2-mashq. O‘qing, tub va yasama fe’llarni aniqlab, ularni ikki ustun shaklida yozing. Yasama fe’llarning qanday usul bilan yasalganini tushuntiring. I. Ayni vaqtda qo‘sh surnay va to‘rt chirmanda havoni kuchli va tantanali sadolar bilan yangratib yubordi. Bir necha qiz o‘z-o‘zidan raqsga tushib ketdi. Mana qulochkash chapak chalib, ovozini qaldiroqday gumburlatayotgan Sobir Ermagov - Anorxon noz va sho‘xlik bilan o‘yin
girdobiga kirganda -bardosh qilolmadi, uzun, qudratli qo‘llarini mardona silkib, o‘ynab ketdi. Qaynoq yigit davrada bir aylandi-yu, bir qo‘li bilan O‘ktamning qayishiga chang solib, do‘stini o‘rtaga tortdi. O‘ktamning yuzi olovlandi, bir dam tixirlik qilib, keyin o‘z bilganicha o‘ynadi, Sobirning atrofida aylana boshladi. Tevarakda qiyqiriq avjga chiqdi. ...Xadicha xola guldor ko‘ylagining keng, uzun yenglarini hilpiratib, ...maqom bilan yo‘rg‘alay boshladi. (Oybek.)
II. Biz Masha bilan baxt haqida ko‘p o‘ylardik. Baxt nima? Biz shu qadim cho‘lda yashab, baxt - mehnat, baxt — kurash, baxt - insonlar bilan hamjixatlik ekanligini angladik. Baxt — ter to‘kib topilgan bir burda shirin non ekanini tushundik. (X- F.)
3-mashq. O‘qing, fe’llarni topib, ulardagi modal shakl yasovchi affikslarni aniqlang, ma’no xususiyatini izohlang. 1. Ukangning endi aqli kirgan. Dildorga suykalanmoqchi. (S. Ahm.)
2. Koptok bo‘lsa tepkilab boshqalarga bermas gal. (K. X.) 3. Chodir ichida bola ijirg‘alandi, xotin shoshib kirib ketdi. (S. Aum.) 4. Uz suzlariga Yoqubning ishonqiramaganini payqagan Ali ishontirishga tirishdi. (K. Moiseyeva.) 5. Salti bermadi, bu olmoq istadi; Salti qochdi, bu quvladi. (Ch..) 6. Oyisi yugurgilab dorixonaga borib barmoqlariga surkash uchun moy keltirdi. (III. Siddisiy.) 1. Nizomjon xohlanqiramay akasining oldiga bordi. (S. Ahm.)
4-mashq. O‘qing, buyruq-istak mayli shaklida qo‘llangan fe’llarni topib, shaxs-sonini izohlang. 1. Ulug‘ ishingizni aslo tashlamang! Siz yaratgan «Xamsa» san’at olamida chinakam mo‘jiza bo‘ldi. Shu bilan qanoatlanib qolmang. O‘z ona tilingizda bitgan g‘azallaringizni bir necha devonga to‘plagansiz; shularni bir-biridan ajrating va har qaysini o‘ziga munosib nom bilan bezang. (L. Bat.) 2. Sizlarning shu yerda yuqori hosil olishingiz- to‘qayni o‘zlashtirish bilan barobar, iltimosim shuki, yerga ehtiyot bo‘linglar. Oltin yerimizni ko‘z qorachig‘iday saqlanglar. Agrotexnikani mahkam ushlanglar. (X- B.) 3. Qiizim, baxtli ekansanki, ...paxtakorlik yo‘liga kiribsan. Bu yo‘ldan zinxor-zinxor toyma, yildan-yilga paxtani kop‘aytiraver. Bizning mashinalarimiz tolasi uzun-uzun, birinchi sort paxtani yaxshi ko‘radi. Buniyam unutma. (O.) 4. Kel ipakday sochlaringga men Nurdan lenta yasab taqayin. (Mirm.) 5. Mingdan ortiq xaridor... Biri deydi: «Yuz jiyron – Sovg‘a qilay, ol, jiyan!» Boshqasi der: «Ming bosh qo‘y - Beray qiling katta to‘y!» Yana biri der: «Do‘stim, Ol qirqta suvsar po‘stin. Faqat oting ber menga!» Ovchi unga der: «Nega?» (K, X)
Bilim, kоʻnikmа vа mаlаkаni rivоjlаntirishgа yоʻnаltiruvchi sаvоllаr: 1. Fe’llarning grammatik shakllari haqida ma’lumot bering
2. Fe’llarning siktaktik hamda morfologik usulda yasalishini tushuntiring hamda misollar asosida tahlil qiling
3. Fe’lning modal shakllari haqida ma’lumot bering
4. Xabar, buyruq-istak, shart mayl shakllari haqida ma’lumot bering.