Feʼl mayllari. Toʻliqsiz feʼllar. Feʼl zamonlari, ularning turlari. Feʼllarning tuslanishi. Feʼllarning yasalishi, Feʼllarning modal shakllari



Yüklə 21,8 Kb.
səhifə1/4
tarix16.12.2023
ölçüsü21,8 Kb.
#182642
  1   2   3   4
Ma`ruza 9 (1)


Feʼl mayllari. Toʻliqsiz feʼllar. Feʼl zamonlari, ularning turlari. Feʼllarning tuslanishi. Feʼllarning yasalishi, Feʼllarning modal shakllari. Mayl kategoriyasi haqida umumiy maʼlumot. Feʼl mayllari toʻliqsiz feʼllar. Zamon kategoriyasi haqida umumiy maʼlumot. O’tgan zamon feʼllari va ularning turlari.
Fe’llarda aloqa-munosabat kategoriyalarining voqelanishi. Кesimlik kategoriyasi. Boshqa so‘z turkumi bilan fe’l orasida tuslanishda, kesimlik bilan shakllanishda jiddiy farq borligini aytib o‘tgan edik. Bu fe’lning kesimlik vazifasini bajarish imkoniyati boyligi, kesim vazifasiga ko‘proq xoslanganligi tufayli unda mazkur ma’noni ifodalovchi vositalarning keng rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Aytilganidek, kesimlik murakkab kategoriya, uning tarkibiy qismlari tasdiq-inkor, mayl, zamon, shaxs-son kategoriyasi. Bu kategoriyalar kesimlik kategoriyasining alohida shakllari emasmi, ularning har birini kategoriya sifatida baholashga asos bormi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Chunki bunga o‘xshash hol o‘zgalovchi kategoriya misolida kuzatilgan edi. Ma’lumki, kategoriya shakllari bir substansial ma’noni xususiylashtirishi kerak edi. Кesimlik kategoriyasining substansial mohiyati murakkab, undagi tasdiq-inkor, mayl, zamon, shaxs-son ma’nosi nisbiy alohidalikka ega. Shuningdek, bu kategoriyalarning ichki shakllari boshqa kategoriyalar ma’nolari asosida emas, balki o‘zlari tegishli kategoriyalar ma’nolarini xususiylashtiradi. Masalan, zamon kategoriyasi shakllari zamon ma’nosini xususiylashtiradi (o‘tgan, hozirgi, kelasi). Shaxs-son kategoriyasi (birinchi, ikkinchi, uchinchi shaxs birlik va ko‘plik) shakllari shaxs-son ma’nosinigina xususiylashtiradi. Bunda «begona» kategoriya tajallisi kuzatilmaydi. Demak, kesimlik kategoriyasi ichki kategorial sistemalardan iborat yaxlitlik. Yaxlitlikning mohiyati shundaki, bu ichki kategoriyaning birortasi ikkinchisisiz yashay olmaydi.
Кesimlik kategoriyasi murakkab ekan, uning tarkibiy qismlarining yuzaga chiqishida uch holat farqlanadi:
a) kesimlik ma’nosining yig‘iq ifodalanishi: Yoz. Boray. O‘qigin. O‘qituvchiman. Shifokorsiz;
b) kesimlik ma’nosining yoyiq ifodalanishi: Yozmasaydingiz. O‘qituvchidirman;
d) kesimlik ma’nosining tafsiliy ifodalanishi: O‘qisa bo‘ladi. Ishchi edim. Yog‘sa kerak.
Quyida bu ichki kategoriyalarning har birini alohida-alohida ko‘rib o‘tamiz.

Yüklə 21,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin