dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


Milliy va umummadaniy kompetensiya



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə262/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, korgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish
II. Otgan mavzuni sorash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu


1-topshiriq. Birdan o'ngacha va o'n birdan to'qson to'qqizga qadar sanang. O'n birdan to'qson to'qqizga qadar bo'lgan sonlarning qanday hosil bo'lganini tushuntiring.


2-topshiriq. O'nlik va yuzlik sonlarni harflar bilan yozing. Yuzlik sonlarning yozilishini tushuntiring.


BILIB OLING. Son-sanoqni bildiruvchi sonlar sanoq sonlar deyiladi. Sanoq sonlar yozuvda, ko'pincha, arab raqami bilan yoziladi.


396-mashq. Sanoq sonlar ishtirok etgan gaplarni ko'chirib yozing.
1. Bolalar davrani ikki aylandi, qo'l berib ko'rishishdi. (Tog'ay Murod) 2. Oqibat ikkovi-da baravar yiqildi. (Tog'ay Murod). 3. Uning mo'ljali besh-olti kilometr yurib qaytish edi, biroq yangi mashina, to'g'ri va ravon asfalt yo'l havasini keltirdi-yu, rayon markaziga tushib chiqishga qaror berdi. (Abdulla Qahhor) 4. Ahmadjon chaqiriq qog'ozini yana bir marta o'qib chiqdi, keyin uni ikki buklab, ko'krak cho'ntagiga solib qo'ydi. (Oydin) 5. To'tiniso hovlini sotib, ikki yetimni o'z qishlog'i Rafqonga olib ketdi. (Abdulla Qahhor) 6. To'nimning etaklarini yig'ishtirib, Qashqamga bir-ikki qamchi bergan edim, jonivor shataloq otib ketdi. (Abdulla Qodiriy)


398-mashq. Berilgan gaplardagi sanoq sonlarni toping.
1. Yetti o'lchab, bir kes (Maqol). 2. Qishpolvon o'z vazifasin uch oy ichra o'tarkan, Xizmat qilish navbat bilan Bahoroyga o'tarkan. (Po'lat Mo'min) 3. Kuzatishimcha, odamlar gapirayotgan gapning, taxminan, yetmish-sakson foizi ortiqcha ekan. (Asqad Muxtor) 4. Ular yana besh qadam bosishgach, o'ra labiga kelishdi. (Tohir Malik) 5. Bu sopol ko'za-chi, so'zimga ishon, Sodiq xizmat qildi ming yil odamga. (Qodir Dehqon)
1. Sanoq sonlar nimani bildiradi va ular qanday ifodalanadi?
2. Yuzlik sonlar qanday hosil qilinadi?



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin