Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy ) Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi: a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu Topshiriq. Berilgan sonlarni ma'nosiga ko'ra miqdor sonlar va tartib sonlarga bo'ling.
Bir, o'nta, o'ndan bir, ikki yarim, o'ninchi, birinchi, beshtacha, ikkinchi, uchala.
BILIB OLING. Sonlar narsalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarining miqdori yoki tartibini bildiradi. Shunga ko'ra sonlar ikki guruhga bo’linadi: 1) miqdor sonlar; 2) tartib sonlar. 1. Son deb nimaga aytiladi?
2. Sonlar qanday yoziladi?
3. 156, 1005, 174536 sonlarini harf bilan yozing va imlosini tushuntirib bering.
Topshiriq. Berilgan sonlarni quyidagi jadvalga joylashtiring. O'n, besh, uchta, yuztacha, uchovi, ikkitadan, uchdan bir.
Sanoq son
Dona son
Chama son
Jamlovchi son
Taqsim son
Kasr son
BILIB OLING. Miqdor sonlar qanday miqdorni bildirishiga ko'ra sanoq, dona, chama, taqsim, jamlovchi, kasr sonlarga bo'linadi. 392-mashq. Gaplarda ishtirok etgan sonlarni taqqoslang. Ularning farqini tushuntiring.
1. Nihoyat, butunlay holdan toyib, ikkovining qimirlashga ham majoli qolmay, taxtaday qotib turaverishibdi. (Ertakdan) 2. Qulupnayning mevasi naviga qarab, uchtadan — saksontagacha bo'lishi ham mumkin. (M. Nabiyev) 3. Besh-oltita tinish belgi kelib bugun, o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in. (Sulton Jo'ra) 393-mashq. Nuqtalar o'rniga quyida berilgan sonlardan mosini qo'yib, gaplarni ko'chiring.
1. Shaharda ... doktorxona bor (Abdulla Qahhor) 2. Shu yaqinda o'tib ketayotgan ... ovchi ularni ko'rib, behad sevinishibdi va urishqoqni aravaga ortib ketishibdi. («Ikki bug'u» ertagidan) 3. Biz Turkiston tizma tog'ining etagida, shahardan ... chaqirim naridagi kichkina qishloqda turar edik. (Po'lat Mo'min) 4. Bu yerlarga egalik huquqini qo'lga kiritganimizning ... yili o'tib bormoqda edi. (Fenimor Kuper) 5. Ruxsat bersangiz, oilamiz haqida ham ... og'iz so'zlab o'tsam. (X. To'xtaboyev) 6. ... eksang ... o'rasan. (Maqol)