O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: – mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya: – madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: – guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Dars jarayoni 1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy ) Foydalaniladigan adabiyotlar: «Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi: a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash. a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Berilgan sanoq sonlarga -ala, -ov qo'shimchalarini qo'shib ko'chiring. Bu qo'shimchalarni qaysi sonlarga qo'shib bo'lmasligini ayting. Sanoq sonlarga qo'shilgan yuqoridagi qo'shimchalarning qanday ma'no ifodalashini tushuntiring.
Bir, ikki, uch, besh, olti, sakkiz, o'n.
2-topshiriq.Unli bilan tugagan ikki, olti, yetti sonlariga -ala, -ov qo'shimchalari qo'shilganda asos qismda qanday o'zgarish bo'lganini aniqlang.