dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


BILIB OLING. Narsalarning miqdorini jamlab ko'rsatadigan sonlar



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə269/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

BILIB OLING. Narsalarning miqdorini jamlab ko'rsatadigan sonlar jamlovchi sonlar deyiladi. Ular -ov, -ala, -ovlon kabi qo'shimchalar yordamida yasaladi.


ESDA SAQLANG. -ov, -ala qo'shimchalari faqat ikkidan o'ngacha bo'lgan sonlarga qo'shilib, jamlik ma'nosini ifodalaydi. Bu qo'shimchalar unli bilan tugagan sanoq sonlarga qo'shilganda asos qismdagi i unlisi tushib qoladi.
408-mashq. Avval sanoq sonli, keyin dona sonli, so'ng chama va jamlovchi sonli gaplarni yozing.
1. Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi. (Ibrohim Rahim) 2. Sizlar mana shu to'qqizta xivichni birga qo'shib sindirib ko'ringlar-chi! (Ertakdan) 3. U yig'lab, to'rt tomonga yuguribdi. (Ertakdan) 3. Bunyod yetti kun kezdi. Yetti qora tun kezdi. Eng oxiri tun chog'i Bir hid sezdi dimog'i. (Hamid Olimjon) 4. Po'lat qizga nisbatan bir yosh katta bo'lsa ham bir-biriga yondosh bo'lib, qadrdon qo'shni edilar. (Sh. Rashidov) 5. Yuragi shuvullab, cheklanib o'tarkan, uch-to'rt yashar qizchaga ko'zi tushdi. (Oybek) 6. Durroj ham Sherning so'zini ma'qul ko'rdi va shu o'rmonda ikkovi do'stona yashay boshladi. (Navoiy) 7. To'rtko'z bo'lsa bizdan o'n qadamcha ilgariroqda chopib borar, goh bizga yaqin kelib, atrofimizda o'ynoqlar edi. (G'ayratiy)
409-mashq. Nuqtalar o'rniga quyida berilgan sonlardan mosini qo'yib, gaplarni ko'chiring.
1. ... tepalik orqasiga o'tib qarasak, bir chuqurga tushib qolgan To'rtko'z badanidan qon oqib ingrab yotibdi. (G'ayratiy) 2. Umidjon jonholatda ... qo'li bilan boshini ushlab: «Yo'q, kerak emas, podshoh bo'lmayman», deya qichqirib yubordi. (N. Aminov) 3. Har ... mehmon: «Biz, farosatsizlarni kechiring, otaxon», deya mezbonning oyog'iga yiqilishdi. (N. Aminov). 4. Hotamjon ... oyog'ini qimirlatolmay yotardi. (O'. Umarbekov) 5. ... dalaning poynagiga qarab yurdilar. (G'afur G'ulom)

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin