dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə271/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, korgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, oquvchilarning ogzaki nutqini ostirish
II. Otgan mavzuni sorash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Berilgan sanoq sonlarga -tadan qo'shimchasini qo'shing. Ma'noda qanday o'zgarish bo'lganini ayting.
Bir, ikki, o'n, yuz, ming.

BILIB OLING. Narsalarning miqdorini taqsimlab ko'rsatadigan sonlarga taqsim son deyiladi. Ular -tadan qo'shimchasi yordamida yasaladi.




412-mashq. Gaplarni o'qing. Taqsim sonlarni topib, yasalishini tushuntiring.
1. Azim har yelkasiga to'rttadan odam sig'adigan yigit bo'libdi. (Abdulla Qahhor) 2. Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan. (Ertakdan) 3. U bu yilgi bahorda har yuz ona qo'ydan bir yuz yigirma bittadan qorako'l qo'zisi oldi. (G'afur G'ulom) 4. Eshakning ustiga ikkitadan bo'lib mindik. (X To’xtaboyev) 5. Ular ikkitadan bo'lib saf tortishdi.


413-mashq. Arab raqamlarida berilgan sonlarni harflar bilan yozing, ular ishtirokida gaplar tuzing.
7—8 tadan, 15 ovi, 2 tasi, 25 tadan, 50 tadan, 3 tachasidan, 9 tadan, 1 tadan, 7 tadan.


414-mashq. Gaplarni ko'chiring. Taqsim sonlarning tagiga chizib, hosil bo'lishini tushuntiring.
1. Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman. (Oybek) 2. Qurolsiz, navkarsiz mulla Fazliddin Ahmad Tanbalday yuz-ikki yuztadan qurolli yigitlari bor beklarga qanday bas keladi?! (P. Qodirov) 3. Har birining oldiga bir siqimdan mayiz, ikkitadan non, bir choynakdan choy qo'yib chiqdim. (M. Abdullayev) 4. Pakana buvi tuxum olib hammamizga ikkitadan ulashib chiqdi. (X. To'xtaboyev) 5. Odamlar bitta-ikkitadan bo'lib maydonga to'plana boshlashdi. (A. Abdumalikov)



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin