Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– mustaqil o‘qib o‘rganish, doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy rivojlantirish, ijodiylik ko‘nikmalarini oshirib borish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga hamda adabiy til me’yorlariga amal qilish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 6 -sinf uchun darslik. 6-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
Topshiriq. Berilgan sanoq sonlarga -tacha -lab, -larcha qo'shimchalarini qo'shing. Ma'noda qanday o'zgarish bo'lganini ayting.
Bir, ikki, uch, to'rt, besh, olti, yetti, yuz, ming.
BILIB OLING. Narsaning miqdorini taxminlab, chamalab ko'rsatadigan sonlarga chama son deyiladi. Ular -tacha, -lab, -larcha kabi qo'shimchalar yordamida yasaladi.
404-mashq. Gaplarda qatnashgan sonlarni aniqlang. Ulardan chama son shakllarini hosil qilib, o'zi birikkan so'z bilan ko'chiring.
1. Bekatda o'n odam avtobus kutib turishardi 2. Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan bo'lsa ham, qomati sambitdek tik. (X To'xtaboyev) 3. Mashrab bilan Akmal esa o'n besh-yigirma bolaga javobgar. (O. Yoqubov) 4. Ichkaridan yoshi yetmishlardan oshgan nuroniy bir chol chiqib kelibdi. (N. Aminov) 5. Shoikrom o'n kuncha ilgari ishga ketayotib birrov kirib ukasidan hol so'ragan edi. (O'. Hoshimov) 6. Yo'q, uning oldida bundan besh-olti yil ilgarigi yarimta tana emas, katta qalb, katta hayot egasi go'zal hayot qo'shig'ini kuylardi. (O'. Umarbekov)
405-mashq. Gaplardagi sonlarni guruhlarga ajratib, jadvalga joylashtiring.
1. Axir o'n ikki yashar ukasini ko'rmaysizmi, shu yoshidan uloq chopmoqchi. (Abdulla Qodiriy) 2. Og'zini yumganicha, ovozini ichiga yutib, bir-ikki kulib oldi u. (X To'xtaboyev) 3. Uch-to'rt pud g'alla ketsa ketar. Bir qop g'alla deb, hammasidan ayrilib qolmaylik tag'in! (O. Yoqubov) 4. Tarixingdir ming asrlar, Ichra pinhon, o'zbegim. Senga tengdosh Pomir-u Oqsoch Tiyonshon, o'zbegim. (E. Vohidov) 5. Bayroq dastasida, stanokda, g'ishtda ming-minglab qo'llar taftini sezaman. (Asqad Muxtor)
Dostları ilə paylaş: |