Bir fazali ikki yarim toʻlqinli koʻpriksimon toʻGʻrilash sxemasi tadqiqoti I. Ishdan maqsad



Yüklə 24,14 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü24,14 Kb.
#179078
BIR FAZALI IKKI YARIM TOʻLQINLI KOʻPRIKSIMON TOʻGʻRILASH SXEMASI TADQIQOTI


BIR FAZALI IKKI YARIM TOʻLQINLI KOʻPRIKSIMON TOʻGʻRILASH SXEMASI TADQIQOTI


I. Ishdan maqsad: Talabalarga bir fazali ikki yarim toʻlqinli koʻpriksimon toʻg’rilash sxemasini ishlash asoslarini oʻrgatish.


I I. Nazariy qism:
Energiya samarali oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka toʻg‘rilovchi sxemalarda qoʻllaniladigan qurilmalar yarim oʻtkazgich diod(ventil)lardir. Yarim oʻtkazgichli diodlarning tokni bir tomonlama oʻtkazishi toʻg’rilagich sxemalarida qoʻllashga asos boʻldi.
Oʻzgaruvchan tok kuchlanishi U1 manbaidan ta’minlanayotgan zanjirda oʻzgamas tok hosil qilish uchun bu zanjirga tokni faqat bir tomonga oʻtkazuvchi elektr ventil (diod) ulash kerak boʻladi (1 – rasm ).


1– rasm. a) bir fazali bir dona yarim toʻlqinli toʻg’rilagich sxemasi b) To‘g‘irash sxemalarini o‘rganish qurilmasi
III. Ishning bajarilish tartibi:
1. Laboratoriya stendi sxemasi bilan tanishish.
2. Bir fazali bir dona yarim toʻlqinli toʻg’rilash sxemasini yig’ish.
3. Utarmoq va Ud qiymatlarini olish; yuklanish toki va toʻg’rilash koeffitsientini hisoblash.



2-rasm. Bir fazali bir dona yarim toʻlqinli toʻg’rilagich sxemasi ulanishi.

Bunday ventillarni zanjirga ulaganimizda bu zanjirlar tokni faqat bir yoʻnalishda oʻtkazadi. Manba kuchlanishi U1 bilan ventilning oʻtkazuvchanlik yoʻnalishi mos kelgan yoʻnalish musbat deb va oʻtkazmaydigan yoʻnalishi esa manfiy deb qabul qilinadi.


Ventilning oʻtazuvchanlik davridagi oʻtayotgan tok ia toʻg’ri tok deb ataladi va bu tok hosil qiladigan kuchlanish pasayishi esa toʻg’ri kuchlanish pasayishi deb ataladi. Dioddagi kuchlanish pasayishini 0,5-1,5V deb olish mumkin.
Yuklanish zanjiri Ryu dan oʻtuvchi oʻzgarmas tokning oʻrtacha qiymati toʻg’rilangan tok Id deb ataladi. Yuklanishdagi bir davr ichidagi kuchlanish toʻg’rilangan kuchlanish Ud deb ataladi.
Koʻrilayotgan sxema bir dioddan tashkil topgan boʻlgani uchun toʻg’rilangan tok oʻzgaruvchan tok kuchlanishining musbat yarim davridagi yuklanishdan oʻtadi. Shuning uchun ham tok uzlukli koʻrinishda boʻladi.
Yuklanish Ryu ga berilayotgan oʻrtacha quvvat Idva Ud larning oʻzgarmas tashkil etuvchilari koʻpaytmasidan iborat boʻladi:

Ventilning FIK ventil orqali yuklanishga berilayotgan quvvat Pd ning bu quvvat bilan ventilda isrof boʻlayotgan quvvat yig’indisi nisbatiga teng boʻladi:




3-rasm. Bir fazali o‘zgaruvchan tokni diod ko‘prigi orqali o‘zgarmas tokga aylantirish sxemasi.
Koʻprik sxemasida toʻg’rilangan kuchlanish va tokning oʻrtacha qiymatlari quyidagicha:
; ,

Toʻg’rilashning koʻprik sxemasi uchun musbat (+) qutb katodlarning ulangan tuguni hisoblanadi va manfiy (-) qutb esa anodlarning ulangan tuguni boʻladi.
Transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg’amlari quvvati va shuningdek transformatorning hisoblangan quvvati quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:






4-rasm. Bir fazali o‘zgaruvchan tokni diod ko‘prigi orqali o‘zgarmas tokga aylantirish tavsifi
IV. Ishning bajarilish tartibi:
1. Laboratoriya stendi sxemasi bilan tanishish.
2. Bir fazali ikki yarim davrli toʻg’rilashning koʻprik sxemasini yig’ish.
3. Utarmoq va Ud qiymatlarini tajriba asosida olish; yuklanish toki va toʻg’rilash koeffitsientini hisoblash; koʻprik sxemada toʻg’rilangan kuchlanishning yuklaninishdagi qiymatlarini qiyosiy solishtirish.





5-rasm. Bir fazali o‘zgaruvchan tokni diod ko‘prigi orqali o‘zgarmas tokga o‘zgartirish va uni o‘lchash.
V.Laboratoriya ishini bajarish uchun uslubiy koʻrsatmalar:
Hisobot quyidagi qismlardan iborat boʻlishi kerak:
1. Laboratoriya qurilmasining sxemasi;
2. Bir fazali ikki yarim davrli toʻg’rilash sxemasining tok va kuchlanish diagrammalari;
3. Tajribada olingan elektr koʻrsatkichlarning jadvali.
1 – jadval

Utarmoq (V)

Ud (B)

Id (A)

Rd(Om)















Nazorat savollari:
1. Diodga ta’rif bering.
2. Diodning ishlash asosini tushuntirib bering.
3. Bir fazali bir yarim toʻlqinli toʻg’rilash sxemasini tushuntiring.
4. Bir fazali bir yarim toʻlqinli toʻg’rilagichni diagrammasini tushuntiring.
5. Bir fazali koʻprik sxemali toʻg’rilash sxemasining ishlash printsipini tushuntirib bering.
6. Bir fazali koʻpriksxemali toʻg’rilash sxemasining transformatorning ikkilamchi chulg’ami oʻrtasidan simi chiqarilgan birfazali ikki yarim davrli sxemali toʻg’rilash sxemasi bilan solishtirilgandagi afzalliklari va kamchiliklarini aytib bering.
7. Koʻprik sxemali toʻg’rilagichning oʻrtacha toʻg’rilangan kuchlanishi va har bir ventilidan oʻtayotgan oʻrtacha tok qiymati, teskari kuchlanish, transformatorning quvvati qanday aniqlanadi?
Yüklə 24,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin