dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


ESDA TUTING. Shakl yasovchi qo'shimchalar vazifasiga ko'ra ikki turli bo'ladi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə33/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

ESDA TUTING. Shakl yasovchi qo'shimchalar vazifasiga ko'ra ikki turli bo'ladi:
a)lug'aviy shakl yasovchilar; b)sintaktik shakl yasovchilar.
BILIB OLING. Asosga qo'shilib, uning ma'nosiga qo'shimcha ma'no yuklovchi qo'shimchalar lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar deyiladi. Ularga ko'plik, kichraytirish-erkalash, sifat darajalari va boshqa qo'shimchalar kiradi.
O'zi qo'shilayotgan so'zni boshqasiga bog'lash vazifasini bajaruvchi qo'shimchalar sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar yoki munosabat shakllari deyiladi. Ularga egalik, kelishik, shaxs-son qo'shimchalari kiradi.
64-mashq. Berilgan gaplarda lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalarni ajratib, ularning qanday ma'nodagi shakl yasayotganligini tushuntiring.
1. Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo'lar chiroyli. (Maqol) 2. Jannat onalar oyog'i ostidadir. (Hadisdan) 3. Kunlar isib, daraxtlar kurtak yozib, qushlar, qurt-qumursqalar harakatga kelib qoldi. (Abdulla Qodiriy) 4. Mashina yigitcha turgan yerga kelib to'xtadi. (Tohir Malik)
65-mashq. Berilgan gaplardagi ajratib ko'rsatilgan so'zlarni asos va qo'shimchalarga ajrating. Qo'shimchalarning turlarini tepasiga yozing.
1. Tepaliklarda qor ostidan zanglagan tunuka va temir, qora va sariq g'isht, beton parchalari chiqib turar edi. (Abdulla Qahhor) 2. Nuri giloslar ostiga qo'yilgan panjaralari ko'k bo'yoq bilan sirlangan katta yog'och karavotga qalin ko'rpacha yoyib, yostiqqa yonboshlab o'tirar edi. (Oybek) 3. Beshikdan qabrgacha ilm izla. (Hadisdan)
68-mashq. Uyga vazifa. -(i)mtir, -tadan, -guncha, -lar qo'shimchalari yordamida so'z shakllari yasang va ularni gap ichida keltiring. Shakl yasovchi qo'shimchalarga tavsif bering.
Namuna: Bolta tushguncha, kunda dam olar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin