dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə30/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1 -topshiriq. Boshliq, boshla, bebosh, boshsiz so'zlarini bir-biriga taqqoslang. Ularning bosh so'zidan farqini ayting.
2-topshiriq. -boz, -chart, -la qo'shimchalari yordamida yangi so'zlar yasang.
BILIB OLING. Tarkibi asos va yasovchi qo'shimchalarga bo'linmaydigan so'zlarga tub so'zlar deyiladi. Masalan: tosh, temir, quyosh.
Asosga so'z yasovchi qo'shimchalar qo'shilishi orqali hosil qilingan yangi asos sodda yasama so'zlar deyiladi. Masalan: toshloq, temirchi, temirchilik, serquyosh. Bir umumiy asosga ega bo'lgan so'zlar asosdosh so'zlar sanaladi: tashvishli, sertashvish, tashvishlanmoq kabi.
ESDA TUTING. So'zning shakl yasovchi qo'shimchalarsiz qismi asos sanaladi.
58-mashq. Matnni o'qing. Tub va yasama so'zlarga izoh bering.
Dor qurilgan maydonda bolalar arqonlarga osilib o'ynamoqda. O'ktam ham yo'g'on arqonni siltab-siltab ko'rdi, dor atrofida aylanib, uning uskunasini qiziqib ko'zdan kechirdi. U bolalikdan bu o'yinni sevar edi. Bir necha yildan buyon ko'rmagani uchun tomosha etgisi keldi. Qani, dorboz qo'liga langarni olib «baka-baka-bang» maqomi ostida ohangdor, yengil odimlar bilan arqondan yura qolsa hozir. (Oybek)
59-mashq. Gaplarni ko'chiring, ajratib ko'rsatilgan so'zlarga izoh bering.
Bozorchilar qatorida xaltani ochib, mayizimni maqtab-maqtab o'tirdim. Bozor oralab bozorlik qildim. Ko'chaning narigi yuzidagi baliqxonaga o'tdik. Navbatga turib, bir kilo baliq olib keldim. Ostonada choyxonachi bilan baliqpaz ko'rindi. Choyxonaga bordim. Choy, kulcha olib keldim. (Tog'ay Murod)
60-mashq. So'zlarni tub va yasama so'zlarga ajratib, jadvalga joylashtiring.
Ixtirochi, guldon, suhbatlashmoq, ixtiro, tinim, qisqich, to'g'ri, gul, ixtirochilik, tinmoq, qisilmoq, tindirmoq, noto'g'ri, to'g'rilanmoq, tinimsiz, guldor, gulchilik.

Tub so'zlar

Yasama so'zlar







1. Tub so'zlar deb qanday so'zlarga aytiladi?
2. Yasama so'zlar qanday hosil qilinadi?
3. -li, -chilik, -lik qo'shimchalari yordamida yasama so'zlar hosil qiling.
4. Asos so'zlar deb nimaga aytiladi?

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin