dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish II. O’tgan mavzuni so’rash



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə38/327
tarix13.05.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#112944
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   327
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
1-topshiriq. Savollarga javob bering.
1. Morfologiyada nimalar o'rganiladi?
2. So'z tarkibi haqida nimalarni bilasiz?
3. Qo'shimchalar deb nimaga aytiladi?
4. Asosga qanday ta'rif bera olasiz?
5. Lug'aviy shakl yasovchi qo'shimchalar qaysilar?
6. Sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalar qaysilar?
2-topshiriq. Quyidagi so'zlarni asos va qo'shimchalarga ajrating.
Tarbiyachi, ozchilik, ovoragarchilik, zargar, fidokorlik, to'kin-sochinlik, quvonchlarimizni, bayramlarga.
3-topshiriq. -don, -chi, -iy, -aki, -illa, -ona qo'shimchalari yordamida so'zlar hosil qiling va ular ishtirokida gaplar tuzing.
4-topshiriq. Matnni o'qing, undagi qo'shimchalarni so'z yasovchi, lug'aviy shakl yasovchi va sintaktik shakl yasovchi qo'shimchalarga ajrating.
Bir bog'bonning uch o'g'li bor edi. Uchalasi ham yalqov va dangasa edilar. Bog'bon bir kuni kasal bo'lib yotib qoldi. O'g'illarini chaqirib: «Tokzorning ichiga bir ko'za oltin ko'mib qo'yganman. Mendan keyin o'zingiz kovlab, topib, bo'lishib olarsizlar», dedi va bir necha kundan so'ng vafot etdi.
O'g'illari oltin izlab bog'ni ag'dar-to'ntar qilib chiqdilar. Lekin hech narsa topa olmadilar. Biroq shu yili mevalari shu darajada serhosil bo'ldiki, cho'ntaklari pulga to'ldi.
So'ngra o'g'lonlar angladilarki, oltin yerda emas, mehnatda ekan. (Rivoyat)
5-topshiriq. Quyidagi qo'shimchalarni jadvalga joylashtiring va ular ishtirokida gaplar tuzing.
-ni, -roq, -lab, -in, -(i)miz, -dan, -k, -lan, -dor, -i(ng), -gan, -r, -sira, -(a)y

So'z yasovchi

Lug'aviy shakl yasovchi

Sintaktik shakl yasovchi










6-topshiriq. O'zingiz o'qiyotgan badiiy asardan parcha ko'chiring. Unda ishlatilgan so'zlarni asos va qo'shimchalarga ajrating.



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin